O‘zbekistonda bir qator huquqbuzarliklar bo‘yicha javobgarlik kuchaytirilmoqda
JKga kiritilayotgan o‘zgartirishga ko‘ra, iste’molchilar hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarganlik uchun 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin.
Prezident tomonidan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun imzolandi.
Fuqarolik kodeksiga geografik ko‘rsatkichlar ham intellektual mulk obektlari hisoblanishi to‘g‘risidagi norma kiritilmoqda.
Jinoyat kodeksiga kiritilayotgan o‘zgartirishlarga muvofiq, iste’molchilarning hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarganlik, saqlaganlik, tashiganlik yoxud o‘tkazganlik, ishlarni bajarganlik yoki xizmatlarni ko‘rsatganlik uchun 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin (muqaddam faqat jarima, majburiy jamoat yoxud axloq tuzatish ishlari).
Ushbu harakatlar badanga o‘rtacha og‘ir yoxud og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa yoxud:
- juda ko‘p miqdorda;
- bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
- takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin.
Xuddi shu harakatlar odam o‘lishiga sabab bo‘lsa 5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanadi (ilgari 3 yildan 7 yilgacha).
Ushbu harakatlar:
- odamlar o‘limiga;
- boshqacha og‘ir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lsa, 7 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanadi (ilgari 7 yildan 10 yilgacha).
Quyidagilar uchun javobgarlik belgilanmoqda:
- hayvonlarning yuqumli kasalliklari o‘choqlari aniqlanganda cheklovchi tadbirlar (karantin) qoidalarini buzish, shuningdek hayvonlarning bir vaqtning o‘zida ommaviy kasallanishi yoki to‘satdan nobud bo‘lganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni davlat veterinariya nazorati organlaridan yashirish, ularga xabar bermaslik (BHMning 3 baravari miqdorida jarima);
- veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarning xavfsizligi normalarini hamda ularni ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish yoki o‘tkazish qoidalarini buzish (huquqbuzarlik quroli va ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi).
O‘zganing tovar belgisidan, xizmat ko‘rsatish belgisidan, geografik ko‘rsatkichidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki adashtirib yuborish darajasida ular bilan o‘xshash bo‘lgan belgilardan shu turdagi tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan qonunga xilof ravishda foydalanish yoxud o‘zganing firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanish uchun jarima miqdorlari oshirilmoqda.
Qonunchilikda nazarda tutilgan faoliyat turlari uchun bir yil muddatga litsenziyani olish yoki sudning qaroriga (hukmiga) asosan shaxsga nisbatan muayyan faoliyat turi bilan shug‘ullanish taqiqlanganligi litsenziya yoki ruxsat beruvchi hujjatni berishda rad etishga asos bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
3 ga 90. Isroil va Hamas o‘rtasidagi sulh qanday kechmoqda?
Jahon | 20:11 / 20.01.2025
Xalqaro tanlovda g‘olib bo‘lgan prezident maktabi o‘quvchilariga BYD sovg‘a qilindi
O‘zbekiston | 19:59 / 20.01.2025
“Eng xavfsiz parvoz tanlanadi” - Uzbekistan Airways osmondagi favqulodda holatlarga tayyormi?
O‘zbekiston | 17:03 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp inauguratsiya marosimida: «AQSh hukumati faqat ikki jinsni tan oladi»
Jahon | 03:50
-
The Guardian: Xalqaro jinoiy sud «eng yomon ssenariyga» tayyorlanmoqda
Jahon | 00:50
-
Latviyada Rossiya fuqarolarining ayrim sohalarda faoliyat yuritishi taqiqlanadi
Jahon | 00:18
-
Eron prezidenti Kremlda muzokaralarga kech qolgan Putinni kutishdan bosh tortgan
Jahon | 23:42 / 20.01.2025
Mavzuga oid
14:55 / 22.12.2024
Jismoniy shaxslarga yovvoyi hayvonlarni saqlaganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda
16:43 / 21.12.2024
Shaharsozlikka oid qonunchilik talablarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda
10:40 / 06.11.2024
Psixologik yordam ko‘rsatish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
13:57 / 29.10.2024