Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istondan O‘zbekistonga yangi temir yo‘l qurilishi boshlandi
U Turkiston viloyatini O‘zbekiston chegarasi bilan bog‘laydi.
Qozog‘istonning Turkiston viloyatida O‘zbekiston bilan chegaragacha boradigan yangi Darboza-Maqtaorol temiryo‘l liniyasi qurilishi boshlandi.
Yo‘l uzunligi 152 kilometrni tashkil qiladi. Qurilishga Qozog‘iston bosh vaziri Alixon Smailov telekonferensiya rejimida start berdi.
«Davlat rahbari Qosim-Jo‘mart To‘qayev topshirig‘i bilan respublikaning transport-tranzit salohiyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan yirik infratuzilma loyihasi amalga oshirilmoqda. Uning doirasida Qozog‘iston-O‘zbekiston davlat chegarasida yangi nazorat-o‘tkazish punkti ochiladi», deyiladi xabarda.
Loyiha ikki bosqichga ajratilgan. Birinchisi, Erdout–Maqtaorol–O‘zbekiston davlat chegarasi liniyasi qurishni nazarda tutadi, u «Sirdaryo» stansiyasigacha boradi. Ikkinchi bosqichda shu stansiyagacha borish imkonini beradigan Jyetisoy-O‘zbekiston davlat chegarasi liniyasi foydalanishga topshiriladi.
Yangi temiryo‘l liniyasining qurilishi Sariog‘osh vokzalidagi tirbandlikni bartaraf etish va butun O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘yicha tovar tashish hajmini oshirish imkonini berishi aytilmoqda.
O‘z navbatida, Qozog‘iston hukumati rahbari yil oxiriga qadar O‘zbekiston bilan yuk tashish hajmi qariyb 31 million tonnani tashkil etishi prognoz qilinayotganini, bu o‘tgan yilga nisbatan 16 foizga yuqori ekanligini ta’kidladi.
Mavzuga oid
19:57 / 24.06.2026
O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
10:25 / 24.06.2026
To‘qayev va YeI yetakchilari hamkorlikning yangi bosqichini boshladi
18:07 / 22.06.2026
Qozog‘iston universitetlari Markaziy Osiyoda eng yaxshi deb topildi
08:21 / 22.06.2026