Ruminiya va Bolgariyada dovul: yuzlab shahar va qishloqlar elektrsiz qoldi
Qora dengiz mintaqasida kuchli qor yog‘ishi natijasida bir necha kishi halok bo‘ldi, yuzlab aholi punktlari elektr ta’minotisiz qoldi, yo‘l harakati to‘xtadi.

Foto: AP
Ruminiya va Moldovaning sharqiy qismida kuchli qor yog‘ishi va qor bo‘roni oqibatida yuzlab aholi punktlari elektr ta’minotidan uzilib qoldi, ayrim milliy avtomagistrallarda transport harakati to‘sib qo‘yilgan. Moldovada 26 noyabr, yakshanba kuni noqulay ob-havo 40 yoshli erkakning o‘limiga sabab bo‘ldi, uning mashinasi yo‘ldan chiqib ketib, daraxtga borib urilgan, deb xabar berdi mamlakat milliy politsiyasi. Bayonotda politsiya «agar zarurat bo‘lmasa» safar qilishdan saqlanishga chaqirdi.
Ruminiyada rasmiylar sharqiy Konstansa, Tulcha, Galats va Breil mintaqalarida ob-havo tahdidi darajasini qizilgacha ko‘tardi. Energetika vaziri Sebastyan Burdujaning AP agentligiga aytishicha, 26 noyabr kuni mamlakat bo‘ylab 400 dan ortiq aholi punktlarida elektr ta’minotida uzilishlar qayd etilgan. Bundan tashqari, Konstansa porti va Ruminiyaning boshqa Qora dengiz portlari ham faoliyatini to‘xtatdi.
Bolgariyada halok bo‘lganlar bor
Ayni paytda, Bolgariyada qor bo‘roni kuchli qor yog‘ishiga olib keldi va mamlakatning katta qismida favqulodda holat e’lon qilinishiga sabab bo‘ldi. Bosh vazir Nikolay Denkov so‘zlariga ko‘ra, 26 noyabr kuni 1000 dan ortiq aholi punktlari – asosan mamlakat shimoli-sharqida – elektr ta’minotisiz qolgan. Kuchli shamol natijasida yo‘llar to‘sib qo‘yilgan, baxtsiz hodisalar soni keskin oshgan, daraxtlar qulagan va elektr liniyalari uzilgan, dedi Denkov.
So‘nggi 24 soat ichida Bolgariyada qor bo‘roni oqibatida ikki kishi yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘ldi, 36 kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda AP. Kazanlikda yana bir kishi vafot etdi. Yashash joyi bo‘lmagan erkak chiqindi qutilari yonida o‘lik holda topilgan, deb xabar berdi «Nova» telekanali. Bolgariya OAV zarar yetgan elektr liniyalari natijasida Sofiyada ham elektr ta’minoti uzilgani haqida yozmoqda. Yomon ob-havo sharoiti tufayli Varna va Sofiya o‘rtasidagi temiryo‘l aloqasi uzilib qoldi. Varna aeroportida ko‘plab xalqaro reyslar bekor qilindi.
Shu kuni Qora dengizda davom etayotgan kuchli dovul tufayli Qrimda 500 mingga yaqin odam elektr energiyasiz qoldi. Qrimga Rossiya tomonidan tayinlangan rahbar maslahatchisi Oleg Kryuchkovning so‘zlariga ko‘ra, eng ko‘p yarimorolning Chernomorsk, Saki, Belogor, Simferopol, Oktyabr, Baxchisaroy va Lenin tumanlari zarar ko‘rgan. Poseidon monitoring tizimi ma’lumotlariga ko‘ra, Qrimning janubiy va janubi-sharqiy qirg‘oqlaridagi to‘lqinlar balandligi 8-9 metrga yetadi.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Reuters: Trampning maxsus vakili Oq uyga Kremlning pozitsiyasini yetkazdi
Jahon | 01:04
-
Rossiyada tug‘ilish darajasi so‘nggi 200 yildagi eng past ko‘rsatkichga tushib ketdi
Jahon | 00:32
-
3D-printer yordamida bosilgan temiryo‘l stansiyasi olti soat ichida qurildi
Fan-texnika | 00:20
-
Surxondaryoda sudyaga 1000 dollar pora taklif qilgan advokat ushlandi
O‘zbekiston | 23:16 / 11.04.2025
Mavzuga oid

22:17 / 10.04.2025
Qora dengiz sohillaridan 100 dan ortiq o‘lik delfin topildi

11:40 / 05.04.2025
Rossiyada Qora dengizda mazut to‘kilishidan yetkazilgan zarar baholandi

10:30 / 20.01.2025
Qora dengizdagi tankerlar avariyasi Rossiyaning soyadagi floti bilan bog‘landi

02:02 / 10.01.2025