Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Niderlandiyada populistning koalitsiya tuzishga urinishi muvaffaqiyatsizlikka uchradi
Niderlandiya parlamentidagi 150 o‘rindan 37 tasini qo‘lga kiritgan o‘ta o‘ngchi siyosatchi Vilders partiyasi boshqa kuchlar bilan dastlabki maslahatlashuvlarni boshlashga harakat qilmoqda. Undagi muzokarachi iste’foga chiqdi.
Niderlandiyada muddatidan oldin parlament saylovlarida g‘alaba qozongan o‘ta o‘ngchi siyosatchi Gert Vildersning hukumat koalitsiyasini tuzishga bo‘lgan birinchi urinishi muvaffaqiyatsizlikka uchradi. 27 noyabr, dushanba kuni Gom van Strin iste’foga chiqdi, unga «Ozodlik partiyasi» (PVV) rahbari tomonidan boshqa siyosiy kuchlar bilan birinchi maslahatlashuvlarni o‘tkazish topshirig‘i berilgandi.
O‘tgan hafta oxirida PVV’dan senator van Stringa nisbatan korrupsiya gumonlari haqida ma’lum bo‘ldi. 27 noyabr kuni u o‘ng markazchi «Ozodlik va demokratiya uchun xalq partiyasi» (VVD) rahbari Dilan Yyeshilgyoz-Zegerius bilan uchrashishi kerak edi. VVD rahbariyati o‘ta o‘nglar bilan koalitsiya tuzish imkoniyatini rad etdi, biroq ozchilik hukumatini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
Yana bir o‘ng markazchi kuch - 2023 yilda sobiq «Xristian-demokratik chaqiriq» (CDA) a’zosi Piter Omsig tomonidan asos solingan «Yangi ijtimoiy shartnoma» partiyasi Vilders uchun koalitsiya bo‘yicha ehtimoliy hamkori hisoblanadi Shu bilan birga, Omsig radikal pozitsiyalari tufayli Vilders bilan ishlash qiyin bo‘lishini aytdi. Koalitsiya tuzish bo‘yicha muzokaralar siyosiy holatning tarqoqligi tufayli bir necha oyga cho‘zilishi mumkin.
Niderlandiyadagi saylovlarda o‘ng populistlar g‘alaba qozondi
22 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari parlament saylovlarida o‘ng populistlar ishonchli g‘alaba qozonib, parlamentdagi 150 o‘rindan 37 tasini qo‘lga kiritdi. Shu bilan birga, hukumat tuzish uchun Vilders boshqa partiyalar bilan koalitsiya tuzishi kerak bo‘ladi. «Ozodlik partiyasi» yetakchisi saylovlar oldidan o‘ng markazchi VVD bilan koalitsiya muzokaralariga tayyor ekanini aytgan edi. Bu partiyaning yangi rahbari, kurd qochqinlar oilasidan bo‘lgan Dilan Yyeshilgyoz-Zegerius mamlakat tarixidagi birinchi ayol bosh vazir bo‘lish imkoniyatiga ega.
2023 yil iyul oyida Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutte vazirlar mahkamasi iste’foga chiqishini e’lon qildi, bu esa muddatidan oldin saylovlar o‘tkazilishiga sabab bo‘ldi. Iste’foga Ryuttening mamlakat migratsiya siyosatini qat’iylashtirish taklifi sabab bo‘ldi, uni Niderlandiya hukumati koalitsiyasida ishtirok etayotgan to‘rtta partiyadan ikkitasi qo‘llab-quvvatlamadi.
Mavzuga oid
10:03 / 12.06.2026
Ilon Mask 55 milliard dollarlik Terafab loyihasini ilgari surmoqda
22:32 / 09.06.2026
Niderlandiya bilan o‘yin ishonch berdi: O‘zbekiston JChga tayyor ekan!
19:11 / 08.06.2026
O‘zbekiston va Niderlandiya milliy jamoalari bir kunda ikkita o‘yin o‘tkazadi
17:17 / 07.06.2026