Qamoqdagi rossiyalik muxolifatçi Aleksey Navalniy Politico onlayn-naşri talqiniga köra Yevropaning eng nufuzli şaxslari röyxatiga kiritildi. Naşr tomonidan 28 noyabr, seşanba oqşomida e’lon qilingan reytingda Navalniy «orzu qiluvçilar» nominatsiyasida ikkinçi örinni egalladi. «47 yoşli advokat va korrupsiyaga qarşi faolga tahdid qiliş, zaharlaş va yakkalatib qöyiş böyiça urinişlarga qaramay, aniqroği, ular tufayli Navalniy özgaça fikrlaş ğoyasi, norozilikni ilhomlantirişda va qözğaşda davom etmoqda», - deya tuşuntirdi jurnalistlar öz tanlovini.
Ba’zilar Korrupsiyaga qarşi kuraş jamğarmasi (FBK) asosçisini «Rossiya Nelson Mandelasi» deb ataydi, deb eslatadi naşr. «Aslida, Navalniy - muxolifatning yagona yetakçisi», - deya ta’kidlaydi jurnalistlar. Ularning fikriça, Navalniy tarafdorlari bugun yaşirinişga majbur bölganiga qaramay, umidlarini yöqotgani yöq.
Hozirda çet eldan çop etilayotgan FBK suriştiruvlarini hali ham millionlab odamlar kuzatib boryapti, deb eslatadi Politico. Şu bilan birga, «Navalniyning özi - borgan sari ozğin, qörqinçli va zaif holatda - sudlarda kuçli monologlar bilan çiqib, hokimiyatga tikan vazifasini bajarişda davom etmoqda».
Navalniyning siyosiy kelajagi haqida
«U 2018 yilgi saylov oldidan qarşi taşviqotni olib borgan, ammo 2024 yilning mart oyida bölib ötadigan saylovlarda qarşi çiqa olmasligi mumkin, ammo Navalniyning haqiqiy kuçi – soğliği zaiflaşgani sari uning ramziy kuçi ösişda davom etmoqda», — deyiladi maqolada.
Politico naşrining Yevropadagi eng nufuzli şaxslar reytingiga, naşrga köra, kelasi yil Yevropa siyosatini belgilab beradiganlar kiritilgan. Bu safar Polşa sobiq boş vaziri Donald Tusk Yevropadagi eng nufuzli şaxs deb topildi. Politico Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyni «Orzuga berilgan 1-raqamli şaxs» deb tan oldi.
Rossiyada Navalniyning jinoiy ta’qib qilinişi
Navalniy 2021 yil fevralida «Iv Roşe» işi böyiça firibgarlikda aybdor deb topilgaç, Rossiya rasmiylari tomonidan koloniyaga jönatilgan edi. Öşanda siyosatçiga 2 yil-u 8 oy qamoq jazosi berildi. 2022 yil mart oyida Navalniy yana firibgarlikda, keyin esa sudyani haqorat qilişda aybdor deb topilib, 9 yilga qattiq tartibli koloniyaga hukm qilingan edi.
2023 yil avgustida Aleksey Navalniy Moskva şahar sudi tomonidan «ekstremistik hamjamiyat»ni taşkil etganlikda ayblanib, maxsus rejimli koloniyada 19 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Rasmiylarga köra, siyosatçi asos solgan Korrupsiyaga qarşi kuraş jamğarmasi şunday hamjamiyat bölgan.

















