Toşkent şahrida Mercedes-Benz rusumli avtobus va yuk avtomobili iştirokida yöl-transport hodisasi sodir böldi.

«Toşşahartransxizmat» xabariga köra, bugun, 29 noyabr kuni soat 06:50 larda «4-Avtobus saroyi» filiali tasarrufidagi Mercedes-Benz rusumli 132-sonli yönalişda harakatlanayotgan, haydovçi A.S boşqaruvidagi avtobus iştirokida YTH yuz bergan.

Qayd etilişiça, avtobus Yangihayot tumani, Binokor köçasi böylab «Toşkent» MFY tomonga harakatlaniş uçun orqaga qayrilayotgan vaqtda, Binokor köçasining qarama-qarşi tomonidan harakatlanib kelayotgan MAN rusumli yuk avtomobili kelib urilgan. 

Dastlabki ma’lumotga köra, uşbu yöl-transport hodisasi natijasida 3 nafar avtobus yölovçisi yengil tan jarohati olgan, avtobus va yuk avtomobili texnik şikastlangan.

Uşbu yöl-transport hodisasi Toşkent şahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan örnatilgan tartibda rasmiylaştirilgan.

Sönggi vaqtlarda poytaxt avtobuslari bilan köplab YTHlar sodir bölmoqda. Avvalroq Yunusobod tumanida elektrobus boşqa bir avtobus bilan töqnaşib ketgandi.

20 noyabr kuni Olmazor tumanida yölning belgilanmagan qismidan yugurib kelgan erkakni avtobus urib yuborgandi.

11 noyabrning özida 2 ta avtobus YTHga uçragandi. Yaşnobod tumanida 21-sonli avtobus yöl örtasida turgan yengil avtomobil bilan töqnaşgan, Mirzo Uluğbek tumanida esa qayrilib olmoqçi bölgan 151-sonli avtobusning old qismiga avtomobil urilgan.