Özbekistonda quyoş va şamol elektr stansiyalari qurilişi köpayib bormoqda. Ularning umumiy tarmoqqa integratsiya qilinişi esa mukammal tizim yaratişni talab qiladi. Agar bu jarayonda xatoga yöl qöyilsa, qayta tiklanuvçi energiya manbalari ham iqtisodiy jihatdan, ham umumiy tarmoqqa texnik tomonlama ziyon yetkazişi mumkin.
Bu haqda Kun.uz bilan suhbatda energetika vaziri örinbosari Umid Mamadaminov aytib ötdi. U suhbat davomida Özbekiston energetikasida qayta tiklanuvçi energiya manbalarining oşib borayotgan örni va rejalar, quyoş va şamol elektr stansiyalarini tarmoqqa ulaşdagi qiyinçiliklar, bunday stansiyalarni quriş böyiça tenderlarda sanoqli kompaniyalar qatnaşayotgani va quyoş panellari bozorida raqobat bölişi kerakligi haqida gapirib ötdi.
– Sönggi paytlarda qayta tiklanuvçi yirik quvvatli elektr energiyasi stansiyalarini quriş jadallaşdi. Ularning bir qançasi yakunlandi ham. Hozirga kelib qayta tiklanuvçi energiyaning jami iste’moldagi uluşi qançaga yetdi va keyingi yillar uçun maqsadli körsatkiçlar qanaqa?
– Oxirgi bir yil içida Özbekistonda muqobil energiya manbalarini sohaga integratsiya qiliş yuzasidan juda köp loyihalar böyiça bitimlar imzolandi. Hozirgi kunda Özbekistonda energetika sohasida katta hajmdagi fotoelektr stansiyalarining hajmi 200 megavattni taşkil qiladi. Bu yilning özida umumiy quvvati 11000 megavattga yaqin quyoş elektr stansiyalari va şamol elektr stansiyalarini quriş böyiça bitimlar imzolandi. Yil oxiriga qadar 2000 megavattga yaqin muqobil energiya manbalari, ya’ni qöşimça quvvatlar işga tuşadi va ularning tarmoqdagi uluşi 10 foizdan oşiqni taşkil qiladi.
Qayta tiklanuvçi energiya manbalarimizning elektr işlab çiqarişimizdagi uluşini 2030 yilga borib kamida 30-40 foizga yetkaziş rejalaştirilgan. 2030 yilga borib umumiy generatsiyamiz 40 gigavattga yetsa, buning içidan qariyb 20 gigavatt qayta tiklanuvçi energiya manbalariga töğri kelişi kerak.
– Bu jarayonda integratsiya deganda nima tuşuniladi?

– Qayta tiklanuvçi energiya manbalarining integratsiyasi deymiz, bu ularni asosiy tarmoqqa ulaş va tarmoq bilan hamohang işlaşini ta’minlaş degani. Quyoş yoki şamol elektr stansiyalarini tarmoqqa ulagan paytimiz ularni boşqariş qobiliyatiga ega bölişimiz kerak. Ya’ni tarmoq ham ularni qabul qilib olişi kerak. Energetika tizimi şunaqa tizimki, buning mahsuloti – elektr toki, u işlab çiqarildimi öşa vaqtdayoq iste’mol qilinişi kerak. Şu sababli uning boşqaruvi, bozori boşqa bozorlardan farq qiladi.

















