Jahon | 09:27 / 02.12.2023
7721
2 daqiqa o‘qiladi

CPJ: G‘azodagi urushda vafot etgan jurnalistlar soni 61 nafarga yetdi

Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urushni yoritishda kamida 61 nafar jurnalist vafot etdi, deb xabar bermoqda Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi (CPJ).

Foto: Reuters

Ta’kidlanishicha, 1 dekabr kuni Isroilning navbatdagi aviazarbalari natijasida G‘azoda yana 3 jurnalist vafot etgan.

Qo‘mitaning 1 dekabrdagi ma’lumotlariga ko‘ra, vafot etgan jurnalistlarning 54 nafari falastinlik, ular orasida yana 4 isroillik, 3 livanlik bor. 11 nafar OAV xodimi jarohatlangan, 3 nafari esa bedarak yo‘qolgan. 

19 nafar jurnalist hibsga olingan. Shuningdek, tahdidlar, kiberhujumlar, senzura va OAV xodimlari oila a’zolarining o‘ldirish holatlari ham qayd etilgan.

Ta’kidlanishicha, 1 dekabrda Al Aqsa telekanali va Anadolu xodimlari vafot etgan. 24 noyabr kuni — tomonlar o‘rtasidagi muvaqqat sulh amalga kirganda Al Aqsa jurnalisti o‘ldirigan.

Reuters va AFP agentliklari oktabr oyida G‘azodagi hujumlar vaqtida xodimlarining nishonga aylanib qolmasliklari bo‘yicah Isroil mudofaasiga kafolat so‘rovini yuborib, rad javobini olgandi. 

TsAHAL buni HAMAS harbiy harakatlarni “jurnalistlar va tinch aholiga yaqin hududda amalga oshirayotgani” bilan izohlagandi.

Mavzuga oid