Toshkentda elektron tijorat platformalari orqali pirotexnika vositalari sotib kelingani aniqlandi
Ushbu ish bilan shug‘ullangan shaxsdan 350 mln so‘mlik 1490 dona pirotexnika vositasi ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.
Bojxona qo‘mitasining Kontrabandaga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan DXX va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Jarayonda avvaldan kuzatuvga olingan shaxs 108 dona salyutni qabul qilib, o‘zi boshqaruvidagi Spark mashinasiga yuklayotgan vaqtida to‘xtatib qolingan.
Tezkor tadbir poytaxtning Yunusobod tumanida davom ettirilgan: fuqaroning xonadoni ko‘zdan kechirilganida bu yerda ham 12 nomdagi 1382 dona salyut saqlanayotganligi aniqlangan. Surishtiruvlar davomida ma’lum bo‘lishicha, qonunbuzar shaxs pirotexnika vositalarini asosan elektron tijorat platformalari orqali mijozlarga pullab kelgan.
Mazkur holatda qiymati 350 mln so‘mlik jami 1490 dona pirotexnika vositalari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan. Hozirda holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Ma’lumot uchun, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida bojxona organlari tomonidan aniqlangan 85 ta holatda qiymati salkam 2,2 mlrd so‘mlik 1 mln 951 ming dona pirotexnika vositasining noqonuniy olib kirilishi va ichki hududdagi yashirin aylanmasiga chek qo‘yilgan.
Mavzuga oid
07:34 / 23.12.2024
40 mln so‘mlik pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi
21:32 / 27.11.2024
Tovarni bojxona muhri ostida tashishga ruxsat berish guvohnomasini olish raqamlashtiriladi
20:20 / 27.11.2024
Toshkentdagi xonadondan salkam 25 ming dona pirotexnika vositalari aniqlandi
08:16 / 27.11.2024