Özbekiston Markaziy banki oktyabr oyida dunyodagi boşqa moliyaviy regulyatorlardan köproq oltin sotdi. Bu haqda Jahon Oltin Kengaşining (WGC) oylik ma’lumotlarida keltirib ötilgan. 

Hisobot davrida jahon markaziy banklarining jami oltin zaxiralari 42 tonnaga oşdi. 

Oktyabr oyida qimmatbaho metallarning eng faol xaridorlari Xitoy (23 tonna), Turkiya (19 tonna) va Polşa (6 tonna) Markaziy banklari böldi.

Mazkur vaqtda oltinning asosiy sotuvçisi Özbekiston Markaziy banki böldi va öz zaxiralarini 11 tonnaga qisqartirdi. Şuningdek, Qozoğiston Markaziy banki tomonidan ham 2 tonna oltin sotilgan.

Avvalroq, oltin narxi bir troya unsiyasi uçun 2135 dollargaça qimmatlaşgani xabar qilingandi. Bu rekord körsatkiç hisoblanadi. Qimmatbaho metall narxlarining oşişiga Yaqin Şarqdagi qurolli mojaro hamda Federal zaxira tizimining stavkani pasaytiriş böyiça kutilmalari sabab bölgan.

Ma’lumot uçun, 2023 yilning 10 oyida Özbekiston 6,87 mlrd dollar qiymatidagi oltin sotdi. Bu ötgan yilga nisbatan 2,3 barobarga köp. Şuningdek, 2022 yilda 4,1 mlrd dollarlik, 2021 yilda 4,1 mlrd dollarlik, 2020 yilda 5,8 mlrd dollarlik, 2019 yilda esa 4,9 mlrd dollarlik oltin sotilgan.