Joriy yilning 6 dekabr kuni soat 08:55 lar atrofida Çoştepa bekatidan harakatlanişi lozim bölgan 8-sonli harakat tarkibi poyezdda kuzatilgan texnik nosozlik tufayli harakatlana olmagan. 

«Toşkent metropoliteni» xabariga köra, buning natijasida uning ortidan kelayotgan 14-sonli harakat tarkibi bekat band bölganligi sababli, bekat kiriş svetofori oldida 5 daqiqa vaqt mobaynida töxtab turgan.

Nosozlik kuzatilgan harakat tarkibidagi yölovçilar bekat platformasiga tuşirilgan va bu harakat tarkibi soat 09:02 da tekşiruv yölagi tomon yuborilgan.

Hozirgi vaqtda yönalişdagi poyezdlar belgilangan jadvalga asosan harakatlanmoqda, deyiladi xabarda.