Yevropa Ittifoqi Özbekistonning Ukrainadagi uruş borasida neytral pozitsiyada böliş tanlovini hurmat qiladi, ayni paytda, rasmiy Toşkentdan Rossiyaga qarşi joriy etilgan sanksiyalarning Özbekiston hududi orqali çetlab ötilişiga yöl qöymaslikni söraydi. Bu haqda Toşkentga kelgan Yevroittifoqning sanksiyalar böyiça vakili Devid ÖSallivan Gazeta.uz'ga bergan intervyusida aytib ötdi.
“Biz Özbekistonning suverenitetini, Özbekiston bu mojaroda tarafkaşlik qilişni, kimningdir tarafida bölişni yoki xalqaro koalitsiya tomonidan qabul qilingan sanksiyalarni qabul qilişni istamasligini töliq tuşunamiz va hurmat qilamiz. Biroq, Özbekiston sanksiyalarimizni çetlab ötiş yoki ulardan qoçiş uçun platforma sifatida foydalanilişi mumkinligidan xavotirdamiz. Özbekiston rasmiylari buni istamasligini oçiq-oydin ma’lum qilgan. Muhokamalarimiz mazmuni şundan iborat”, – dedi Yevroittifoq rasmiysi.
Devid ÖSallivan Toşkentga şu yil aprel oyida ham kelgan edi. Unga bu galgi taşrifida AQŞ va Buyuk Britaniya rasmiylari ham hamrohlik qilmoqda. Ular Markaziy bank, Bojxona qömitasi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va sanoat vazirligi mutasaddilari bilan uçraşuvlar ötkazmoqda.
YeIning sanksiyalar böyiça maxsus vakiliga köra, ittifoq tomonidan Özbekistonga sanksiyaviy rejim borasida qöyilayotgan asosiy talab – harbiy maqsadlarda ham işlatilişi mumkin bölgan 45 ta mahsulotga qaratilgan.
“Şuni ta’kidlaşni istardimki, Özbekistondan söralayotgan sa’y-harakatlar uning umumiy savdo hajmining 1 foizidan kamroğini taşkil etuvçi 45 ta mahsulotga qaratilgan. Biz Özbekistonning Rossiya bilan an’anaviy savdosiga yoki Rossiya bilan qonuniy savdosiga – siz Rossiya bilan doimo savdo qilib kelgan tovarlarga zarar yetkaziş istagida emasmiz. Bu, albatta, davom etaveradi. Biz savdoning sanksiyalarimizni çetlab ötişga urinişlar natijasida yuzaga kelişi mumkin bölgan yangi körinişlaridan xavotirdamiz. Biz heç qanday tarzda Özbekistonning an’anaviy savdo yöllariga putur yetkazmoqçi emasmiz, agar ular sanksiya ostidagi tovarlar bilan boğliq bölmasa”, – dedi ÖSallivan.

Uning sözlariga köra, Yevroittifoq mamlakatlarida işlab çiqarilgan va harbiy maqsadlarga qöllanişi mumkin bölgan tovarlarning Özbekiston orqali Rossiyaga reeksporti qisqargani böyiça dastlabki ijobiy özgarişlar kuzatilgan.

















