Buxoro va Xorazmda quyosh fotoelektr stansiyalari qurilishi tasdiqlandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 30 noyabr kuni Buxoro va Xorazm viloyatlarida davlat-xususiy sheriklik asosida quyosh fotoelektr stansiyalari qurish haqidagi qarorlarni imzoladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 30 noyabr kuni Buxoro va Xorazm viloyatlarida davlat-xususiy sheriklik asosida quyosh fotoelektr stansiyalari qurish haqidagi qarorlarni imzoladi.
BAAning Masdar kompaniyasi Buxoro viloyatining Olot tumanida 250 MW quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi va 63 MW quvvatli elektr energiyasini saqlash tizimini barpo etadi.
Loyiha qiymati 273 mln dollarga baholangan. Investor qurilish davridagi o‘z majburiyatlari lozim darajada bajarilishining ta’minoti sifatida 50 mln dollar miqdorida birinchi darajali xorijiy bank kafolatini taqdim etishi kerak.
Ishlab chiqarilgan 1 kWh elektr energiyasi uchun xorijiy valutada denominatsiyalangan 3,044 sent va elektr energiyasini saqlash tizimidagi foydalanishga tayyor har bir megavattga (soatiga) 16,55563 dollar miqdorida tarif o‘rnatilgan.
Fransiyaning Voltalia kompaniyasi esa Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumanida 100 MW quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasini tashkil etadi.
68 mln dollarlik loyiha investoridan 20 mln dollar miqdorida birinchi darajali xorijiy bank kafolati talab etiladi.
Stansiyada ishlab chiqarilgan 1 kWh elektr energiyasini davlat 2,888 sentdan sotib oladi.
Bitimlarga ko‘ra, davlat 25 yil davomida bu ikki stansiyadan elektr energiyasini kafolatlangan tarzda xarid qilish majburiyatini olgan.
Ikkala xususiy sherik alqaro moliya korporatsiyasining moliyaviy va texnik ko‘magida o‘tkazilgan xalqaro tender asosida tanlab olingan.
Mavzuga oid
21:25 / 09.12.2024
O‘zbekistonda metan zapravkalar faoliyatiga cheklovlar kiritiladi
15:30 / 26.11.2024
Masdar bilan quvvati 1 GVt bo‘lgan Mingbuloq ShESni qurish bo‘yicha shartnoma imzolandi
11:54 / 13.11.2024
Masdar O‘zbekistonda yana bir shamol elektr stansiyasi quradi
10:46 / 09.07.2024