"Dunyo" xabariga köra, unda senator sönggi yillarda mamlakatda soliq ma’muriyatçiligini takomillaştiriş, uning tizimini soddalaştiriş orqali iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantiriş, şuningdek, yaşirin iqtisodiyotni kamaytiriş böyiça me’yoriy-huquqiy bazani mustahkamlaş, jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş, davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari faoliyatini takomillaştirişga qaratilgan islohotlar bosqiçma-bosqiç amalga oşirilayotganini alohida ta’kidlaydi.

Şu bilan birga, u kassa operatsiyalari yaşirin iqtisodiy faoliyatni amalga oşirişning asosiy usuli bölib qolayotganiga urğu beradi. "Şuning uçun bank kartalari va boşqa tölov vositalaridan foydalaniş jozibadorligini oşiriş orqali naqd pulsiz hisob-kitoblar kölamini kengaytiriş çoralarini köriş zarur, - deyiladi maqolada. – Özbekiston ayni paytda yaşirin iqtisodiyoti yuqori bölgan davlatlardan biri sanaladi. Şu bois mamlakatda iqtisodiyot sektorini qonuniylaştiriş böyiça qator çora-tadbirlar belgilandi. Ma’lumki, yaşirin iqtisodiyot darajasining pasayişi budjet daromadlari hajmining ijobiy özgarişiga xizmat qiladi".

Yaşirin iqtisodiyotga qarşi kuraşiş, daromadlarga soliq soliş borasida rivojlangan mamlakatlarning ilğor tajribasini qöllaş maqsadga muvofiq, degan xulosaga keladi Erkin Gadoyev. "Buning uçun yaşirin iqtisodiy faoliyatga qarşi kuraşiş va uning oldini olişda jamoatçilik nazorati mexanizmlari imkoniyatlaridan samarali foydalaniş zarur", - deya yakunlaydi senator.