Majburiy ijro byurosi va YHXX hamkorligida yöl harakati qoidalari buzilgani uçun qöllangan ma’muriy qarorlar ijrosini ta’minlaş borasida tizimli işlar amalga oşirib kelinmoqda. MIB matbuot xizmati Kun.uzʼga taqdim qilgan ma’lumotlarga köra, 2023 yilning 11 oyida byuro organlari tomonidan yöl harakati qoidalarini buziş bilan boğliq 722 mlrd sömlik 2 millionga yaqin hujjatlarning ijrosi ta’minlangan.
“Ma’lumki, huquqbuzar unga jarima soliş töğrisidagi qaror topşirilgan kunidan boşlab 15 kun içida jarima miqdorining 50 foizini, 30 kun içida 70 foizini ixtiyoriy tölagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini tölaşdan ozod qiliş amaliyoti joriy etilgan. Biroq yöl harakati qoidalarini buzgan haydovçilar jarimani imtiyozli muddat u yoqda tursin, ixtiyoriy muddatda ham tölaşdan böyin tovlab, huquqbuzarlik uçun jazo muqarrarligini mensimasdan, qayta yöl harakati qoidalarini buziş holatlariga yöl qöyib kelmoqda”, — deyiladi MIB axborotida.
Şu sababli, MIB va YHXX “Qöşma körsatma” asosida tuzilgan Işçi guruhlar tomonidan “AutoCon-SC/M-onlayn” va planşetlar yordamida tuman (şahar) markaziy köçalarida hamda hududiy yöl-patrul xizmati statsionar postlarida tadbirlar ötkazib kelmoqda.
Ma’lum bölişiça, bu davrda jarimani öz vaqtida tölamagan va tadbir davomida qarzdorlikni tölaşdan böyin tovlagan şaxslarga tegişli 14,6 mingdan ortiq transport vositasi vaqtinçalik saqlaş uçun jarima maydonlariga joylaştirildi, qidiruvdagi 2 ming 684 ta transport vositalari topildi.
MIB, şuningdek, önlab ma’muriy jarimalarni tölamasdan kelayotgan fuqarolar va ularga körilgan çoralar haqida ma’lumot berdi.
Xususan, qarzdor A.R.dan 55 ta (26,8 mln söm) ma’muriy jarimalarni undiriş maqsadida, Venucia rusumli avtotransport vositasi jarima maydoniga qöyilgan.

Qarzdor S.Ş.dan 18 ta (9,5 mln söm) ma’muriy jarimalarni undiriş maqsadida, Tracker 2 hamda qarzdor Yu.Oçilovdan 19 ta (29,8 mln söm) ma’muriy jarimalarni undiriş uçun Kaptiva rusumli avtotransport vositasi jarima maydoniga qöyildi.





















