Jahon | 12:05 / 11.12.2023
6032
3 daqiqa o‘qiladi

Borrel: Insoniyat g‘ayriinsoniylik pandemiyasidan aziyat chekmoqda

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 75 yilligi munosabati bilan Borrel so‘nggi paytlarda dunyoda inqirozlar tobora ko‘payib borayotganiga e’tibor qaratdi.

Foto: Geert Vanden Wijngaert/AP/dpa/picture alliance

Bundan 75 yil muqaddam, 1948 yil 10 dekabrda BMT Bosh assambleyasi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini qabul qildi, u tashkilotga a’zo barcha davlatlar uchun tavsiya etilgan hujjatdir. Deklaratsiya matni barcha odamlar ega bo‘lgan huquqlarning birinchi global ta’rifidir. 1950 yilda deklaratsiya sharafiga Birlashgan Millatlar Tashkiloti bayramni - Inson huquqlari kunini ta’sis etdi, u ham 10 dekabrda nishonlanadi.

«Deklaratsiya 75 yil avval bo‘lgani kabi bugungi kunda ham dolzarb va muhim. Inson huquqlari chegaralar va madaniyatlar orasida mavjud. Ular tabiatan istisnosiz har bir insonga tegishli», - dedi Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel tarixiy hujjatning yubileyi munosabati bilan.

Borrel: Insoniyat g‘ayriinsoniylik pandemiyasidan aziyat chekmoqda

Borrelning ta’kidlashicha, so‘nggi 75 yil ichida sezilarli yutuqlarga erishilgan bo‘lsa-da, inqirozlar soni o‘sishda davom etmoqda va ko‘pincha urushlar va to‘qnashuvlar oqibatlarining eng og‘ir yukini ayollar, bolalar va zaif vaziyatga tushib qolgan odamlar ko‘tarmoqda.

Inson huquqlarini hurmat qilish, himoya qilish va ularga rioya qilish adolatni ta’minlash, aybdorlarni javobgarlikka tortish va jazosiz qolishiga barham berish uchun zarurdir. Bu Yevropa Ittifoqining asosiy qadriyatlari va tamoyillaridan biridir, deyiladi hujjatda. Yevropa Ittifoqi inson huquqlari, xalqaro gumanitar huquqning buzilishi, kamsitishlar, fuqarolik jamiyati uchun maydonning qisqarishi hamda demokratiya va ommaviy axborot vositalari erkinligiga hujumlar qayerda sodir bo‘lishidan qat’iy nazar qoralashda davom etadi.

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi har qachongidan ham dolzarbroq, deb ta’kidladi Borrel. Shu bilan birga, Yevropa diplomatiyasi rahbari X ijtimoiy tarmog‘ida shunday yozdi: «Inson huquqlari deklaratsiyasining 75 yilligini nishonlar ekanmiz, insoniyat g‘ayriinsoniylik pandemiyasidan aziyat chekishda davom etmoqda. Biz urushlar va inson huquqlari regressini ko‘ryapmiz. YeI sifatida barcha uchun va hamma yerda bu huquqlar uchun kurashishda qat’iymiz».

Mavzuga oid