"Dunyo" xabariga köra, gap savdo va biznes markazlari, köngiloçar va dam oliş maskanlari, yoqilği quyiş şoxobçalari, mehmonxonalar hamda 60 kVt va undan yuqori quvvatli elektromobillarni quvvatlaş imkoniyatiga ega bölgan stansiyalarni qurişga qaratilgan töğridan töğri investitsiyalar haqida ketmoqda.

Kompaniya vakillari Özbekiston elçisi Ravşan Usmanov bilan muzokaralar çoğida sarmoya kiritişga tayyor ekanliklarini ma’lum qildi. Ularga mamlakatda xorijiy investorlar uçun yaratilgan şart-şaroitlar, iqtisodiyot, savdo va quriliş sohasidagi salohiyati haqida ma’lumot berildi.

Özbekistonning tegişli taşkilotlari bilan uşbu loyihalarni amalga oşiriş böyiça dastlabki kelişuvga erişildi. Mazkur loyihalar amalga oşirilgan taqdirda Özbekiston aholisining umumiy manfaati uçun atrof-muhit va tabiiy resurslarni asrab-avaylagan holda barqaror iqtisodiy ösişni ta’minlaşga qaratilgan sa’y-harakatlarga katta turtki bölişi alohida ta’kidlandi.