FNQIZ benzin ishlab chiqarishni ikki barobarga oshirmoqda
Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi 11 dekabrdan boshlab AI-80 va AI-92 benzinlarining umumiy ishlab chiqarish hajmini ikki barobarga – kuniga 1000 tonnagacha oshiradi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
“Avtomobil dvigatellari yuqori sifatli va sovuqqa chidamli yonilg‘i talab qiladigan palla – qish mavsumida yonilg‘iga tobora ortib borayotgan talabga javoban ana shunday strategik qaror qabul qilindi. Benzin ishlab chiqarish hajmining oshirilishi yonilg‘i bozorida barqaror taklifni ta’minlab, zavodga qish mavsumida iste’molchilar talabini samarali qondirish imkonini beradi”, – deyiladi vazirlik axborotida.
Saneg kompaniyasi bosh direktorining neftni qayta ishlash bo‘yicha o‘rinbosari Habib Latipovga ko‘ra, benzin ishlab chiqarish hajmining oshirilishi – zavodda amalga oshirilayotgan modernizatsiya doirasidagi yangi texnologik yechimlar samarasi bo‘lib, aholini arzon yoqilg‘i bilan ta’minlashga qaratilgan.
“Bugungi kunda zavod texnologik jarayonlarning yangi bosqichiga chiqmoqda, uskunalarning optimal ish parametrlarini belgilamoqda. Benzin ishlab chiqarish hajmining o‘sishi ham erkin bozor narxini shakllantirishga xizmat qiladi”, – degan Latipov.
Avvalroq, noyabr oyining boshida “O‘zbekneftgaz” va boshqa bir qator xususiy yonilg‘i quyish shoxobchalarida AI-95 markali benzin taqchilligi yuzaga kelgandi. 3 noyabr kuni Moskvada O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiya energetika mas’ullari neft yetkazib berish masalasida shartnoma imzoladi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Rossiyadan neft xomashyosi importini 2024 yildan boshlab yiliga 1 million tonnaga yetkazadi. Taqqoslash uchun, O‘zbekiston 2023 yilda Rossiya bilan bundan 3 barobar kam – 300 ming tonna neft xarid qilish bo‘yicha kelishuv tuzgandi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Internetda bolalar himoyasi: Buni ta’minlashning imkoni bormi?
O‘zbekiston | 11:20
-
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 10:44
-
Qaysi hududda yashash va ovqatlanish xizmatlariga talab yuqori?
O‘zbekiston | 10:43
-
Zominda jarlikka tushib ketgan fuqaro qutqarildi
Jamiyat | 10:24
Mavzuga oid

18:55 / 01.04.2025
Shovotda benzin sisternasiga tushgan yigit zaharlanib vafot etdi

21:05 / 27.03.2025
Buxoro neft zavodi jarimaga tortilgan. Raqobat qo‘mitasi tafsilotlarni ochiqlamadi

09:32 / 26.03.2025
Kreml hujum qilinmaydigan energetika obektlarini ma’lum qildi

18:04 / 25.03.2025