Toşkent metropolitenining «Yer usti halqa yöli» yönalişi II bosqiçidagi Quruvçilar dahasidan Sergeli mavzesigaça bölgan «Turon» (13-bekat) va «Qipçoq» (14-bekat) metro bekatlarini işga tuşiriş maqsadida, 16 dekabrdan «Tuzel» (3-bekat) bekatida iş rejimi soat 06:00 dan 22:00 ga qadar qisqaradi. 

Avvalroq «Texnopark» va «Yaşnobod» bekatlarining iş vaqti vaqtinça soat 06:00 dan 22:00 gaça qisqartirilişi haqida xabar berilgandi.

«Olmos» (4-bekat) bekatidan «Quruvçilar» (12-bekat) bekatigaça bölgan bekatlar oraliğida iş rejimi özgarmagan holda 05:00 dan 23:00 ga qadar taşkil etiladi. Soat 05:00 dan 06:00 gaça va 22:00 dan 23:00 gaça «Olmos»-«Quruvçilar» bekatlari oraliğida bir tomonlama poyezdlar harakati taşkil etiladi.