Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Jadidlar g‘oyalarini amalga oshirish – hozirgi avlodning burchi» - amerikalik tarjimon Mark Riz
«Jadidlar inson huquqlari, xotin-qizlar huquqi, jurnalistlar, yozuvchilar erki uchun kurashib halok bo‘ldi», - deydi amerikalik mutaxassis.
Toshkentda «Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari» mavzusida o‘tayotgan xalqaro konferensiya ishtirokchilaridan biri, Abdulla Qodiriyning «O‘tkan kunlar» romanini inglizchaga o‘girgan amerikalik tarjimon Mark Riz Kun.uz muxbiri bilan suhbatda jadidlarning g‘oyalari haqida so‘z yuritdi.
«Men «O‘tkan kunlar» asarini ingliz tiliga tarjima qilganman. Mamlakat prezidentini adabiyotni sevuvchi kishi ekanligiga ishonaman. U jadidchilar g‘oyalariga ishonadi. Jadidlarning orzu-umidlari – mamlakat kelajagi buyuk bo‘lishini ko‘rishdan iborat edi.
Jadidlar inson huquqlari, xotin-qizlar huquqi, jurnalistlar, yozuvchilar erki uchun kurashib halok bo‘ldi.
Ularning g‘oyalarini amalga oshirish endi hozirgi avlodning burchi. Bugungi konferensiyadan xursandman, bu yerda jadidlar g‘oyalari, ularni yosh avlodga yetkazish haqida gaplashyapmiz», – dedi Mark Riz.
Konferensiya 12 dekabr kuni o‘z ishini yakunlaydi.
Mavzuga oid
15:47 / 02.04.2026
100 yil oldingi tashabbuslar: jadidlar kambag‘allikka qarshi qanday kurashgan edi?
22:37 / 19.07.2024
Siyosiy qatag‘on qurbonlarini yod etish haftaligi o‘tkaziladi
12:37 / 20.06.2024
“Jadidlarimizning mag‘rur va g‘olib qiyofalarini chizishimiz kerak” – kinorejissyor Jahongir Ahmedov
17:49 / 05.01.2024