BMTning Osiyo va Tinç okeani uçun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasida bölib ötgan «Quruqlik portlari va multimodal transport» böyiça ekspertlar uçraşuvida Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantiriş muammolarini örganiş markazi direktori iştirok etdi.
Uçraşuvda respublikadagi 15 ta yirik multimodal logistika markazlarini xalqaro standartlarga muvofiqligi yuzasidan ötkazilgan örganişlar töğrisida ma’lumot berildi va ularni xalqaro logistika tizimiga integratsiyasini amalga oşiriş maqsadida xalqaro kelişuvning ilovasiga qöşiş yuzasidan tegişli taklif taqdim etildi.
Ma’lumot örnida, Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantiriş muammolarini örganiş markazi BMTning Osiyo va Tinç okeani uçun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi bilan hamkorlikda Özbekistondagi logistika markazlarini BMTning «Quruqlik portlari» xalqaro kelişuvi talablariga muvofiq kelişi yuzasidan örganiş olib borgan.

















