Sankt-Peterburgning Krasnoselskiy tuman sudi Abror Ismoilov, Nargiz Ismoilova va Gulzot Botirovani Rossiya Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 18.8-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topdi. Avvalroq, ularning farzandlari «Mangu olov»ni qor bilan öçirib qöygan edi.
Özbekiston fuqarolari Rossiya hududida migratsiya organlarida röyxatdan ötmagan holda istiqomat qilgani aniqlangan. Ular aybini tan olgani ta’kidlanmoqda.
Sud ularning har birini majburiy deportatsiya bilan birga 5000 rubl (≈683 ming söm) miqdorida jarimaga tortdi.
10 dekabr kuni Sankt-Peterburgdagi Krasnoye Selo şahrida uç nafar bola «Mangu olov»ni qor bilan öçirib qöygan edi. Politsiya ularning 10 va 14 yoşli aka-ukalar, şuningdek yana bir 12 yoşli öspirin ekanini aniqladi. Şundan söng, Rossiya Içki işlar vazirligi bolalarning oilasi Rossiya hududida noqonuniy bölib turganini va sudga murojaat qilmoqçi ekanini bildirdi.
Rossiyada uruşda halok bölganlar xotirasiga yoqiladigan «Mangu olov»ga nisbatan sodir etilgan bezorilik harakatlari jiddiy huquqbuzarlik sanaladi.

















