Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil G‘azo sektoridagi HAMAS tunnellarini suvga to‘ldirishni boshladi
Tunnellarni suv bilan to‘ldirish uchun bir necha hafta muddat kerak bo‘ladi. Isroil buning uchun 7 ta katta nasosni o‘rnatgan.

Foto: AP
Isroil harbiylari HAMAS harakatining G‘azo sektoridagi tunnellar tizimiga dengiz suvini yuborishni boshladi. Bu hamaschilarning yer osti infratuzilmasini yo‘q qilishga qaratilgan sa’y-harakatlardir, deb yozdi The Wall Street Journal.
Isroil tunnellarni O‘rta yer dengizi suvi bilan to‘ldirishga urinmoqda, bu tunnellar tizimini bartaraf qilishga qaratilgan usullardan biri ekani aytilmoqda.
Isroil rasmiylariga ko‘ra, HAMAS yer osti tunnellar tizimidan jang maydonidagi amaliyotlarda faol foydalanyapti. U jangchilarga manyovr qilish, raketa va o‘q-dorilarini saqlash, shu bilan birga guruh rahbarlariga o‘z jangchilarini boshqarish imkonini bermoqda. Shuningdek, Isroil tunnellarda ba’zi garovga olinganlar saqlanayotganiga ishonadi.
AQSh rasmiylariga ko‘ra, tunnellarni suv bilan to‘ldirish uchun bir necha hafta muddat kerak bo‘ladi. Isroil buning uchun 7 ta katta nasosni o‘rnatgan. Avvalroq, 5 ta nasos yordamida sinov tariqasida suv yuborib ko‘rgan edi.
Bayden ma’muriyatining ba’zi rasmiylari dengiz suvidan foydalanish samarasiz bo‘lishi va G‘azoning toza suv ta’minotiga tahdid solishi mumkinligidan xavotirda edi. Ammo boshqa rasmiylariga ko‘ra, bu usul tunnellar tarmog‘ining bir qismini yo‘q qilishga yordam beradi.
Harbiy tahlilchilarga ko‘ra, Isroil tunnellar tarmog‘ining aksariyat qismini yo‘q qila olmaydi va yer osti tizimini bartaraf qilish yoki shikastlash uchun turli usullar kerak bo‘ladi. Dengiz suvidan tashqari, Isroil harbiylari tunnellarni havodan zarbalar, suyuq portlovchi moddalar, shuningdek, robotlar, itlar va dronlarni yuborish orqali yo‘q qilishga uringan.
Avvalroq, Isroil armiyasi G‘azoda quruqlik harbiy operatsiyasi boshlanganidan beri 400 ga yaqin tunnel shaxtalari topilgani va yo‘q qilingani haqida xabar bergan edi.
Ta’kidlanishicha, HAMAS tunnellarini qurish uchun fuqarolik infratuzilmasidan baza sifatida foydalangan. Yer osti infratuzilmasi fuqarolar yashaydigan mahallalar, turar-joy binolari, maktablar, shifoxonalar va qabristonlar yaqinida topilgan.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bloomberg: YeI sanksiyalari Hindistondagi "Rosneft" zavodiga zarba berdi
Jahon | 12:19
-
Yaponiya bosh vaziri Shigeru Ishiba iste’foga chiqdi - OAV
Jahon | 12:04
-
Ukrainada Mirage 2000 qiruvchi samolyoti halokatga uchradi
Jahon | 12:01
-
Rossiya neft mahsulotlarining YeIga importi bo‘yicha taqiq yarim yilga qoldirildi
Jahon | 11:50
Mavzuga oid

15:03 / 22.07.2025
G‘azo sektorida deyarli har kuni gumanitar yordamga navbatda turganlar halok bo‘lmoqda

12:50 / 22.07.2025
Isroil kuchlari G‘azoda tinch aholini o‘qqa tutdi: 132 kishi halok bo‘ldi

12:06 / 22.07.2025
Belgiyada isroillik askarlar G‘azodagi jinoyatlari uchun hibsga olindi

11:16 / 22.07.2025