Özbekiston taşqi işlar vaziri örinbosari Bobur Usmonov Buyuk Britaniyaga taşrifi davomida Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki (YeTTB) boş kotibi Kazuhiko Koguçi bilan muzokaralar ötkazdi.

«Dunyo» xabariga köra, uçraşuv çoğida Özbekiston va YeTTB örtasidagi munosabatlarga yangi sur’at bağişlaş va özaro hamkorlikni yanada rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilindi.

Bir qator istiqbolli yönalişlar böyiça hamkorlikni kengaytiriş, jumladan, bankning davlat korxonalari va banklarini özgartiriş hamda xususiylaştirişda faol iştirok etişi, «yaşil» rivojlaniş, toza energiya, transport, ayollar va yoşlar tadbirkorligi, şuningdek, içimlik suvi ta’minoti, raqamlaştiriş va boşqa sohalardagi loyihalarni amalga oşiriş böyiça kelişuvga erişildi.

Bugungi kunda bankning Özbekistonga kiritgan sarmoyalari 3,5 milliard yevrodan oşgan va loyiha portfelining 60 foizi xususiy sektor hissasiga töğri keladi.