«Tolibon» harakati 2022 yilda giyohvand moddalarini yetiştirişni taqiqlaganidan söng, Myanma köknori afyuni yetiştiriş böyiça dunyoda birinçi öringa kötarildi. Bu haqda BMT Giyohvand moddalar va jinoyatçilik böyiça boşqarmasi xabar berdi.
Myanmada köknori yetiştiriladigan maydonlar yil davomida 18 foizga köpayib, 47 ming gektardan oşib ketdi, bu 2001 yildan beri rekord darajadir, deyiladi taşkilot bayonotida.
Qayd qilinişiça, Şan, Çin va Kaçin ştatlarida köknori ekiladigan maydonlar kengaygan, hosildorlik gektariga 16 foizga oşib, 22,9 kilogrammni taşkil qilgan.
Mutaxassislarning fikriga köra, Myanmada köknori yetiştiriş hajmi oşib boraveradi – 2021 yil fevralidagi harbiy töntarişdan keyin vujudga kelgan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy beqarorlik çekka hududlardagi fermerlarni uni yetiştirişga undamoqda.
BMT Giyohvand moddalar va jinoyatçilik böyiça boşqarmasi dunyoda afyun işlab çiqaruvçi asosiy hududlarni uç qismga ajratadi.
- Oltin yarim oy - Afğoniston, Eron, Pokiston;
- Oltin uçburçak - Myanma, Laos, Tailand;
- Janubiy Amerika - Kolumbiya, Peru, Venesuela, Boliviya.
Köknori yetiştiriş geroin, metadon va boşqa giyohvand moddalarni işlab çiqariş uçun asosiy xomaşyo manbai bölgani sababli jiddiy muammo hisoblanadi. Afyundan işlab çiqarilgan giyohvand moddalar soğliqni saqlaş va ijtimoiy muammolarni, jumladan, giyohvandlik, jinoyatçilik va OIV/OITS tarqalişini keltirib çiqaradi.

















