Dunyodagi eng yirik Mediterranean Shipping Company (MSC) kemachilik kompaniyasi boshqa yirik yuk tashuvchilar qatorida ortib borayotgan hujum tahdidi tufayli o‘z kemalarini Qizil dengizni aylanib o‘tishga yo‘naltirganini e’lon qildi. Pentagon esa ularni muhofazalash uchun xalqaro koalitsiya to‘plamoqda.

Foto: Getty Images

Avvalroq boshqa yirik yuk tashuvchilar — fransuzlarning CMA CGM, Daniyaning Maersk giganti va Germaniyaning Hapag-Lloyd transport kompaniyalari Qizil dengiz orqali reyslarni to‘xtatgan edi.

Bunga sabab Yamanning Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan «Ansorulloh» harakati husiychilarining kemalarga hujumlari bo‘lmoqda.

G‘azo sektorida Isroil bilan jang boshlangach, husiychilar HAMAS harakatini qo‘llab-quvvatlashini aytgandi. Vaqt o‘tishi bilan husiychilar Yaman yaqinidan o‘tayotgan xorijiy kompaniyalarga tegishli kemalarga dronlar va raketalar bilan faol hujum uyushtira boshlashdi.

«Ansorulloh» harakati shuningdek Isroil tomonga ham dronlar va raketalar uchirmoqda.

14 noyabr kuni husiychilar Isroilga yo‘l olgan har qanday kemaga hujum qilishini e’lon qilgandi. O‘z harakatlarini ular «G‘azo sektoridagi Amerika-Isroil agressiyasiga javob» deb atagan.

Dekabr oyi boshlarida qurollangan guruh egasi kim bo‘lishidan qat’i nazar, Isroilga yo‘l olgan barcha kemalarga hujum qilishi bilan tahdid qilgan.

O‘shandan buyon bir nechta tijoriy va harbiy kemalar, jumladan Norvegiya tankeri va Amerika