Hukumat portali ma’lumotiga ko‘ra, unda qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Better Cotton Initiative’ning global paxta ishlab chiqarish, paxta sanoatini rivojlantirish sohasidagi tajribasini O‘zbekistonda tatbiq etish va mazkur sohada ikki tomonlama hamkorlikni o‘rnatish va kelgusida ilmiy tadqiqot institutlari olimlarining malaka oshirishi bo‘yicha dasturlar ishlab chiqish masalalari xususida fikr almashildi.

Muzokaralar natijasida tomonlar samarali va konstruktiv hamkorlikning amaliy jihatlarini kelishib oldi. 

Shveytsariyaning Better Cotton Initiative xalqaro uyushmasi 2009 yilda tashkil etilgan bo‘lib, dunyoning 22 davlatida, jumladan, O‘zbekistonda faoliyat yuritadi va dunyo bo‘ylab 2,8 milliondan ortiq fermerlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi.