Surxondaryo viloyati Qumqörğon tumanida yaşovçi öqituvçi IIBga ariza bilan murojaat qilib, özining bank kartasidan 1 mln 545 ming söm pullar noma’lum şaxs tomonidan yeçib olinganini ma’lum qilib, jinoyatçiga nisbatan qonuniy çora körilişini söragan.

IIV Kiberxavfsizlik markazining xabar berişiça, olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, uşbu jinoyatni Qumqörğon tumanida yaşovçi şaxs sodir etgani aniqlangan.

Aniqlanişiça, pullarni özlaştirgan şaxs ham öqituvçi bölib, jabrlanuvçi bilan bir maktabda işlagan. U öz hamkasbining bank kartasi ma’lumotlari va sms-xabarnomasini qölga kiritiş orqali tölov tizimlaridan foydalanib, barça pullarni onlayn qimor öyiniga yutqazib qöygan.

Qayd etilişiça, hamkasbining pullarini özlaştirgan şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilgan.