O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Oybek Shaxavdinov va Buyuk Britaniya elchisi Timoti Smart o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
«Dunyo» xabariga ko‘ra, suhbat chog‘ida siyosiy, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi O‘zbekiston-Britaniya munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, 2024 yilda o‘tkazish rejalashtirilayotgan turli darajadagi qo‘shma tadbir va tashriflar jadvali ko‘rib chiqildi.
















