Yoshlar tadbirlarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoni yaratiladi
Vazirlar Mahkamasining «Yoshlarga oid tadbirlarning yillik kalendar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori qabul qilindi.
2024 yil 1 yanvardan boshlab davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yoshlarga oid davlat siyosati sohasida o‘tkaziladigan yoshlar festivallari, forumlar, loyihalar, tanlovlar va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarni yoshlarga oid tadbirlarning yillik kalendar rejasi asosida amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Hujjat bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi Yoshlarga oid tadbirlarning yillik kalendar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi:
- yoshlar festivallari, forumlar, loyihalar, tanlovlar va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish hamda ularda qatnashish tartibi;
- yoshlarga oid tadbirlarning yillik kalendar rejasini shakllantirish va tasdiqlash tartibi;
- kalendar rejada nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish.
Kalendar reja har yili dekabr oyi yakuniga qadar davlat organlari va tashkilotlarining takliflari asosida Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan ishlab chiqiladi.
Kalendar reja doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar, shuningdek ishtirokchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi axborot elektron shaklda yoshlarportali.uz portalida joylashtiriladi.
Mavzuga oid

14:12 / 19.04.2025
Ommaviy tadbirlar to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtiriladi

10:54 / 24.03.2025
ChatGPT bilan muntazam muloqot xavfli oqibatlarga olib kelishi ma’lum qilindi

19:00 / 04.03.2025
BMT tadqiqoti yoshlarda global ruhiy salomatlik inqirozini aniqladi

15:40 / 18.02.2025