Andijon viloyati hokimi Şuhratbek Abdurahmonov yoşlar bilan uçraşuvda Andijon tumani, «Teraktagi» mahallasida istiqomat qiluvçi 12 yoşli kitobxon Asadillo Roziqov bilan suhbatlaşdi.
U kitob yetişmagani uçun «Yoş kitobxon» körik tanlovida eng yuqori natijani qölga kirita olmaganini bildirdi.
Şundan söng, Şuhratbek Abdurahmonov mahallada kutubxona qurilişini, 1 oy içida oçilişini, uni Asadillo Roziqovning özi boşqarişini ma’lum qildi.
«Otasiga ming rahmat, kitob yetmagani uçun ozgina qolib ketdim deyapti. Öziga maşina söramayapti, öziga ust-boş söramayapti mahallasiga kutubxona sörayapti… Joyni tanlaymiz, Xudo xohlasa bir oyda senga zör kutubxona qilib beraman, özing yurgizasan, böptimi?», dedi viloyat hokimi.
Yakunda hokim kutubxonani 25 yanvar kuni oçilişini buyurdi.

















