Toshkentda «Yashil shahar» transport yo‘lagi taqdimoti o‘tkazildi
Loyiha doirasida Shota Rustaveli ko‘chasida joriy etilishi rejalashtirilgan yashil transport yo‘lagi konsept-dizayni, matematik modeli va texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqildi.
O‘zbekiston Transport vazirligi va BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida «Toshkent — Kam uglerodli avtotransportga investitsiyalar jalb etishni jadallashtirish (Tashkent — accelerating investmens in low emission vehicles — TAILEV)» loyihasi doirasida «Yashil shahar» transport yo‘lagining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Prezident qaroriga muvofiq, 2025 yilgacha Toshkent shahri bo‘yicha jamoat transporti doimiy harakatlanadigan umumiy uzunligi 475 km bo‘lgan 36 ta alohida avtobus yo‘laklarini tashkil etish belgilangan.
Tashabbusni qo‘llab-quvvatlash va avtobus yo‘laklarini xavfsiz hamda samarali joriy etishga ko‘maklashish maqsadida TAILEV loyiha doirasida poytaxtning Shota Rustaveli ko‘chasida joriy etilishi rejalashtirilgan yashil transport yo‘lagining konsept-dizayni, matematik modeli va uni asosida texnik iqtisodiy asoslari ishlab chiqildi.
Yo‘lak loyihasini ishlab chiqishda yo‘lovchi va aholini fikri o‘rganilib, nogironligi bo‘lgan shaxslar, qariyalar, bolalar va ayollarning jamoat transporti infratuzilmasiga bo‘lgan ehtiyojlari inobatga olingani qayd etildi.
Texnik-iqtisodiy asoslarga ko‘ra, mazkur yo‘lak joriy etilishi natijasida yo‘lak bo‘ylab avtotransportning o‘rtacha tezligi 11 foizga oshishi, atmosfera havosi ifloslanishi 12,3 foizga qisqarishiga erishilishi hisoblab chiqilgan.
Bir kunda yo‘lak bo‘ylab avtobusda harakatlanadigan barcha yo‘lovchilar hamda shaxsiy transport egalarining tejalgan umumiy vaqti 3318 soatni, tejalgan yoqilg‘i yiliga 2,6 million litrni tashkil etib, bu yiliga 21,2 milliard so‘m iqtisodiy samaraga olib kelishi haqida ma’lumot berildi.
Ishlab chiqilgan loyihalar va texnik-iqtisodiy asoslar Toshkent shahar hokimligiga kiritilgan.
Mavzuga oid
20:37 / 11.10.2024
Toshkentda mushukka beshafqatlik qilgan o‘qituvchi ishdan bo‘shadi
19:01 / 11.10.2024
Moratoriy davrida Toshkentda 800 tup mevali va manzarali daraxt nobud qilindi. Nega?
18:45 / 11.10.2024
Toshkentda multimedia tizimiga ega avtobus bekatlari o‘rnatiladi
16:05 / 11.10.2024