Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan Fanlar akademiyasi hay’ati va tegishli fan ixtisosliklari bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan haqiqiy a’zolarining tavsiyasiga asosan quyidagilar Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi etib tasdiqlandi:
Fizika-matematika fanlari bo‘yicha
- Axmedov Bobomurot Jo‘rayevich - Fanlar akademiyasi Mirzo Ulug‘bek nomidagi Astronomiya instituti laboratoriya mudiri
- Abdullayev Fatxulla Xabibullayevich - Fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti bosh ilmiy xodimi
- Roziqov O‘tkir Abdulloyevich - Fanlar akademiyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti direktori o‘rinbosari
Kimyo fanlari bo‘yicha
- Tulyaganov Dilshot Ubaydullayevich - Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti kafedra mudiri
- Sagdullayev Shomansur Shoxsaidovich - Fanlar akademiyasi S.Yu. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti direktori
- Turobjonov Sadritdin Maxamatdinovich - Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti rektori
- Reymov Axmed Mambetkarimovich - Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori
Biologiya fanlari bo‘yicha
- Davronov Qahramon - Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti direktori
Texnika fanlari bo‘yicha
- Sodiqov Ilxom Ismailovich - Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti direktori
Qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha
- Namozov Shodmon Ergashovich - Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti direktori o‘rinbosari
Tarix fanlari bo‘yicha
- Ziyo Azamat Xamid o‘g‘li - Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori
Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha
- Tuxliyev Nurislom - O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori
Filologiya fanlari bo‘yicha
- Sirojiddinov Shuhrat Samariddinovich - Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori
Pedagogika fanlari bo‘yicha
- Ibraimov Xolboy - Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti direktori
Tibbiyot fanlari bo‘yicha
- Musabayev Erkin Isaqovich - Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori
Psixologiya fanlari bo‘yicha
- Shoumarov G‘ayrat Baxromovich - «Profi universiteti» nodavlat ta’lim tashkiloti rektori.











