Samarqandda fuqaro o‘z uyida noqonuniy mayning ferma tashkil qilgani aniqlandi
Samarqandda fuqaro o‘z uyida noqonuniy mayning ferma tashkil qilib, 2,5 milliard so‘m zarar keltirgani aniqlandi.
Samarqand viloyati IIB Kiberxavfsizlik bo‘limi xodimlari va viloyat hududiy elektr tarmoqlari korxonasi mutaxassislari bilan hamkorlikda elektron texnologiyalar va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq noqonuniy holatlarni aniqlash yuzasidan o‘tkazilgan tezkor-profilaktik tadbirlar doirasida Samarqand viloyati Samarqand shahrida yashovchi 33 yoshli H.A. noqonuniy ravishda o‘z yashash xonadonida 21 ta mayning qurilmalaridan foydalanib, mayning ferma tashkil qilganligi aniqlangan.
Mayning ferma faoliyati uchun hech qanday ruxsatnoma va hujjatlarsiz hamda elektr tarmog‘iga hisoblagichlarsiz o‘zboshimchalik bilan ulanib olib, 2 milliard 252 ming so‘m miqdorida moddiy zarar keltirgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jioyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi «a» bandi (juda ko‘p miqdorda o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, X.A.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
- Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi «a» bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 8 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Tavsiya etamiz
“Chorsu” mehmonxonasini buzish boshlandi. Bunga qancha vaqt ketadi?
O‘zbekiston | 19:03 / 18.01.2025
“Gullayotgan” avtofiribgarlik, sohadagi kuchli proteksionizm oqibati – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 09:58 / 18.01.2025
Ijtimoiy kartalarni tarqatish boshlandi. U qanaqa karta va kimlarga beriladi?
O‘zbekiston | 23:36 / 17.01.2025
Isroil HAMAS bilan kelishuv matnini e’lon qildi
Jahon | 22:06 / 17.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Apple bu yil 20 dan ortiq mahsulot chiqarishni rejalashtirmoqda
Fan-texnika | 17:40
-
Xitoyda 35 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qatl etildi
Jahon | 17:36
-
Janubiy Koreya o‘zbekistonlik mehnat migrantlariga kvotalarni kamaytirishi mumkin
Jahon | 17:22
-
Qozog‘istonda migrantlarni qiynoqqa solgan politsiyachilar sudlandi
Jahon | 17:06
Mavzuga oid
13:24 / 28.11.2024
“Samarqandni odamlar shahriga aylantirishimiz kerak, hozir mashina-shaharga aylangan” - Turdimov
21:39 / 27.11.2024
Samarqandda tramvayning 3-yo‘nalishi ochilishi mumkin
11:25 / 06.10.2024
Samarqandda mayning ferma 5,5 mlrd so‘mlik elektr energiyani noqonuniy ishlatgani aniqlandi
11:25 / 29.09.2024