Qadimgi Paratetis köli Yer yuzida mavjud bölgan eng katta köl sifatida Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi. Uning aniq ölçamlarini batafsil körsatadigan tadqiqot Scientific Repors jurnalida 2021 yilda naşr etilgan edi.
Paratetis köli ğarbda Avstriyadan şarqda Turkmanistonga qadar çözilgan. U 2,8 million kvadrat kilometr maydonni egallagan va taxminan 1,77 million kub kilometr suvni öz içiga olgan - bu Yerdagi barça zamonaviy köllardagidan 10 baravar köp.
Taqqoslaş uçun, hozirgi vaqtda eng katta köl Kaspiy dengizi hisoblanadi - nomidan farqli ölaroq, u dunyo okeanlariga çiqiş imkoniga ega emas, şuning uçun u aslida köldir. Kaspiyning maydoni 371 ming kvadrat kilometr bölib, uning hajmi bor-yöği 78 ming kub kilometr. Baykal köli esa esa mos ravişda 31,7 ming kvadrat kilometr va 23,6 ming kub kilometr suvga ega.
Paratetis taxminan 11,6 million yil oldin mavjud bölgan. Bu yerda ulkan kitlar va sutemizuvçi hayvonlar yaşagan. Köl million yillar davomida qurib, 350 ming yil içida suvning uçdan biridan köproğini va maydonining uçdan ikki qismini yöqotgan. Qora dengiz, Kaspiy dengizi va Orol dengizi bu ajoyib kölning asosiy qoldiqlari hisoblanadi.
Köl nomining özi şuni körsatadiki, suv ombori qadimgi Tetis okeanining bir qismi bölgan, ammo Alp, Karpat va boşqa toğ tizimlarining şakllanişi bilan undan ajralib çiqqan. «Paratetis» atamasi 1924 yilda geolog Vladimir Laskarev tomonidan taklif qilingan.
Suv omborining hajmini örgangan Utrext universiteti tadqiqotçilarining ta’kidlaşiça, Paratetisning yöqolişi hozirgi iqlim özgarişi suv manbalarimiz va atrof-muhitimizni qanday özgartirişi haqida saboq beradi.












