Prezidentning 2022 yil 31 maydagi farmoni bilan 23 turdagi (baliq, sut mahsulotlari, banan, sitrus mevalar, ösimlik yoği, sariyoğ, tuxum, kofe v.b.), 2023 yil 23 martdagi farmoni bilan 36 turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini (pişloq, tvorog, şokolad, qandolat mahsulotlari, olma, nok, behi, yogurt, kefir, sut mahsulotlari, makaron v.b.) Özbekistonga olib kirişga bojxona bojining nol stavkasi qöllanişi közda tutilgan.

Bir neça kundan keyin imtiyozli davr tugaydi. Kun.uz bu borada iqtisodçilarning fikrlarini örgandi.

“Proteksionizm siyosatidan uzil-kesil voz keçiş kerak” — Otabek Bakirov

Iqtisodçi Otabek Bakirovning ta’kidlaşiça, Özbekistonda işlab çiqarilmaydigan oziq-ovqat mahsulotlari uçun import imtiyozlari vaqtinçaga emas, doimiyga berilişi kerak.

“Bir neça turdagi birlamçi oziq-ovqat mahsulotlari uçun import bojxona bojining nol stavkalarini qöllaş muddati tugab bitişiga bir neça kun vaqt qoldi. Budjetnomada nollaştirilgan bojlarning uzaytirilişi borasida heç qanday işora yöq. Bungaça özbekistonliklar “banan yemas” maqomida bölgan, sitrus mevalar faqat mehmonlar uçun olingan. Kişi boşiga hisoblansa, har bir özbekistonlik jon boşiga 680 grammdan banan töğri kelgan. Apelsin, limon va banan narxlari böyiça Toşkent dunyodagi eng qimmat şahar hisoblangan.

Hukumatning iqtisodiy ösiş va farovonlik rejalari samimiy va rost bölsa, tabiiy şaroitlarga va texnik çeklovlarga köra Özbekistonda işlab çiqarilmaydigan tovar va xizmatlardan boj oliş, ularni QQSga tortişdan butunlay voz keçiş kerak.

Keling, eng avvalo bojlarni boj emas, importga soliq deya qabul qilaylik. Keyin, importga soliqlarni rağbatlantiruvçi funksiyasiga köproq urğu beraylik.

Taşqi savdo erkinlaştirmoqçi, xalqaro mehnat taqsimoti va jahon iqtisodiyotining bir qismiga aylanmoqçi bölsak, importga soliqlar 0,5 va 10 foizlik stavkalardan iborat bölişi kerak.

Özbekistonda işlab çiqarilmaydigan tovar yo xizmat borki, import soliği 0 foiz bölişi lozim.

Özbekistonda işlab çiqariladigan, lekin bozorimizda uluşi 50 foizdan oşmaydigan tovar va xizmatlar böyiça import soliği 5 foizdan oşmasligi zarur.