28 dekabr kuni Farğona viloyati sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasida bloger Olimjon Haydarovning apellyatsiya tartibida bergan şikoyati körib çiqildi.
Oliy sud matbuot kotibi xabariga köra, Farğona tuman sudining 2023 yil 1 dekabrdagi hukmi özgarişsiz qoldirildi va şikoyat qanoatlantirilmadi.
Eslatib ötamiz, 1 dekabr kuni jinoyat işlari böyiça Farğona tumani sudida bloger va jamoatçilik faoli Olimjon Haydarovga oid jinoyat işi böyiça sud hukmi e’lon qilingan edi.
Haydarov Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) 2-qismi, 3-qismi «a» bandi, 140-moddasi (haqorat qiliş) 3-qismi «a» bandi va 165-moddasi (tovlamaçilik) 2-qismi «b» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlanib, jazoni umumiy tartibli koloniyalarda ötaş belgilangan edi.

















