Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbulda «O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron – Turkiya» transport yo‘lagi bo‘yicha bayonnoma imzolandi
Hujjat transport koridorini rivojlantirishda muhim qadam hisoblanadi. U barcha tomonlarning ushbu loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun hamkorlik va birgalikdagi sa’y-harakatlarga roziligini mustahkamlaydi.
Foto: Dunyo
Istanbul shahrida «O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron – Turkiya» multimodal transport koridorida ishtirok etuvchi mamlakatlar temiryo‘l ma’muriyatlarining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
«O‘zbekiston temiryo‘llari» ma’lumotiga ko‘ra, yig‘ilishda ushbu transport yo‘nalishini rivojlantirish bilan bog‘liq muhim masalalar muhokama qilindi.
Muhokamaning asosiy mavzusi temiryo‘lda raqobatbardosh tariflarni joriy etish va yo‘nalish bo‘yicha transport hajmini oshirish bo‘ldi. Tomonlar ushbu yo‘nalish bo‘yicha transport uchun arzon va raqobatbardosh narxlarni belgilash tovarlar va yuklarni tashish hajmini oshirishga yordam beradi degan fikrga keldi.
Uchrashuv davomida ishtirokchi mamlakatlarning temiryo‘l ma’muriyatlari o‘rtasida tegishli bayonnoma imzolandi. Ushbu hujjat transport koridorini rivojlantirishda muhim qadam hisoblanadi, u barcha tomonlarning ushbu loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun hamkorlik va birgalikdagi sa’y-harakatlarga roziligini mustahkamlaydi.
Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar transport vazirlarining 12-yig‘ilishi doirasida «O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron – Turkiya» transport koridorini shakllantirish to‘g‘risidagi bayonnoma imzolangan edi. Ushbu yo‘lak mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi transport infratuzilmasi va savdo aloqalarini rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi.
Mavzuga oid
00:03 / 13.04.2026
Toshkentda intellektual transport tizimi joriy etilmoqda
15:36 / 07.04.2026
Istanbulda Isroil konsulxonasi oldida otishma ro‘y berdi
19:27 / 05.04.2026
Bosh konsulxona Turkiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi
09:50 / 23.03.2026