Rossiya Markaziy saylov komissiyasi Boris Nadejdinga saylov hisobini oçiş va prezidentlik saylovlari uçun imzo töplaşni boşlaşga ruxsat berdi, dedi siyosatçi 28 dekabr, payşanba kuni özining Telegram-kanalida. «Biz tez orada imzo töplaşni boşlaymiz», deb yozdi u.

Nadejdin 23 dekabr kuni bölib ötgan «Grajdanskaya initsiativa» partiyasining qurultoyida Rossiya Federatsiyasi prezidentligiga nomzod sifatida körsatilgan edi. Saylovda öz nomzodini röyxatga oliş uçun u 100 ming saylovçi imzosini töplaşi kerak.

Boris Nadejdin 60 yoşda. Fizika-matematika fanlari nomzodi. U Moskva fizika-texnika instituti (MFTI)da huquq fakultetiga asos solgan va 2016 yilgaça unga rahbarlik qilgan. U öşa paytdagi boş vazir Sergey Kiriyenkoning yordamçisi edi.

Rossiya prezidenti saylovlarida boşqa nomzodlar

23 dekabr kuni Markaziy saylov komissiyasi jurnalist Yekaterina Dunsovaga rasmiy sabablarga köra saylov uçun imzo töplaşga ruxsat bermagani ham ma’lum böldi. 27 dekabr kuni Rossiya Federatsiyasi Oliy sudi Dunsovaning MSKga qarşi da’vosini rad etdi.

Hozirgi davlat rahbari Vladimir Putin ham saylovlarda nomzod sifatida qatnaşmoqda. Rossiya Liberal-demokratik partiyasidan uning rahbari Leonid Slutskiy, RFKPdan - Nikolay Xaritonov, «Novyye lyudi»dan - Davlat dumasi vitse-spikeri Vladislav Davankov oliy lavozimga nomzod sifatida körsatilgan.

«Rossiyskiy obşçenarodnyy soyuz» konservativ partiyasi bölajak saylovlarga öz raisi Sergey Baburin nomzodini körsatişga qaror qildi. Bundan taşqari, Moskvada Donetskdagi rossiyaparast ayirmaçilarning sobiq harbiy rahbari Igor Strelkov (Girkin) nomzodini körsatiş böyiça yiğiliş bölib ötdi. Taşabbus guruhi yiğiliş iştirokçilaridan 566 nafar imzo töpladi, biroq notariuslar buni tasdiqlaş uçun kelmadi. 

Prezident saylovida ovoz beriş 2024 yilning 15 martidan 17 martiga qadar, ilk bor uç kun davomida ötkaziladi.