Xitoy admirali Dong Jun mamlakat mudofaa vaziri etib tayinlandi. Bu haqda Xitoy matbuotiga tayanib Interfax xabar berdi. Tegişli qaror Butunxitoy xalq vakillari kongressi tomonidan qabul qilingan.
Bungaça Dong Jun XXR dengiz floti qömondoni bölgan.
Oktyabr oyi oxirida Li Şanfu Xitoy Mudofaa vazirligi rahbari lavozimidan çetlatilgani xabar qilingandi.
«Bu AQŞ sanksiyalari ostida qolgan va avgust oyi oxiridan beri ommaga körinmagan generalning taqdiri haqidagi bir neça haftalik miş-mişlardan söng ma’lum böldi. Iste’foga çiqiş haqidagi qaror Butunxitoy xalq vakillari kengaşi doimiy qömitasi tomonidan ma’qullangan», deb yozdi şu vaqtda South China Morning Post.
Dong Jun 1963 yilda tuğilgan. 2021 yildan beri Xitoy admirali. 2021-2023 yillarda Xitoy Harbiy dengiz floti boş qömondoni.

















