O‘zbekistonda mayning-pul faoliyatini amalga oshirish qoidalari e’lon qilindi
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining "Mayning-pul faoliyatini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi buyrug‘i loyihasi e’lon qilindi.
Mayning-pul faoliyatini tashkil etish kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Mayning-pul o‘z faoliyatini faqatgina mayning-pulning elektron platformasi orqali amalga oshiradi.
Mayning-pul:
- o‘z elektron platformasining zarur darajada ishlashini ta’minlashi;
- mayning-pul ishtirokchilari operatsiyalari hisobini alohida yuritishi;
- milliy va xorijiy maynerlarni o‘zining elektron platformasiga ulanish bo‘yicha talabnomalari ijrosini ta’minlashi;
- mayning-pul ishtirokchilarining, mayning-pulning elektron platformasida ular tomonidan mayningni amalga oshirishda topilgan kripto-aktivlarini chiqarish bo‘yicha talabnomalari ijrosini ta’minlashi;
- o‘zining elektron platformasining axborot xavfsizligini ta’minlashi;
- mayning-pul ishtirokchilarining reyestrini olib borishi;
- har kuni kun yakuni bo‘yicha mayning-pul ishtirokchilari tomonidan amalga oshirilgan operatsiyalar haqidagi barcha ma’lumotlarning (elektron tashuvchi vositalarda) zaxira nusxasini yaratishi;
- mayning-pul xodimlari va mayning-pul tomonidan fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida jalb qilingan shaxslarning mayning-pul faoliyatini tartibga soluvchi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari va mayning-pul tomonidan tasdiqlanadigan lokal hujjatlarni (bundan buyon matnda lokal hujjat deb yuritiladi) bilish darajasini doimiy oshirib borishi;
- kripto-aktivlarni reklama qilish va o‘z faoliyatini amalga oshirishda qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan talablarga rioya etishi lozim.
Mayning-pul quyidagilarni tartibga soluvchi lokal hujjatlarni ishlab chiqishi va tasdiqlashi lozim:
- mayning-pulga ulanish;
- mayningni, topilgan kripto-aktivlarni mayning-pul ishtirokchilari orasida taqsimlash va ularning kripto-hamyonlariga chiqarish jarayonlarini amalga oshirish;
- mayning-pulning elektron platformasida kripto-aktivlar listingi va delistingini amalga oshirish;
- maynerlarni identifikatsiyadan o‘tkazish qoidalari.
Mayning-pulning elektron platformasida quyidagilarni amalga oshirish taqiqlanadi:
- mayningni amalga oshirish jarayonida topilgan kripto-aktivlarni sotib olish, sotish va (yoki) boshqa kripto-aktivlarga ayirboshlash bo‘yicha operatsiyalarini;
- mayning-pul ishtirokchilarining kripto-aktivlarini saqlash;
- muqaddam muomalaga kiritilgan kripto-aktivlarni mayning-pul va mayning-pul ishtirokchilarining kripto-hamyonlariga o‘tkazish;
- anonim kripto-aktivlar mayningi va boshqa operatsiyalarni amalga oshirish.
Mayning-pul, mayning-pul ishtirokchilarining mayningni amalga oshirishda topilgan kripto-aktivlarini (shu jumladan ularning nomidan), kripto-aktivlar bilan boshqa operatsiyalarni amalga oshirish maqsadida ishlatishga haqli emas.
Tavsiya etamiz
Boylar davrasi: dunyo milliarderlari Tramp inauguratsiyasida yig‘ildi
Jahon | 22:19 / 21.01.2025
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har ikki tomon ham yon berishi kerak - AQShning yangi davlat kotibi Ukrainadagi sulh haqida
Jahon | 15:12
-
O‘lim uchun “navbat kutish” – dunyodagi eng baland cho‘qqiga chiqish mashaqqatlari haqida
Jahon | 15:06
-
To‘qimachilik sanoatida qayta ishlash zanjiri rivojlantiriladi
O‘zbekiston | 15:04
-
Zelenskiy: Ukrainaga kamida 200 ming nafar tinchlikparvar kerak
Jahon | 14:28
Mavzuga oid
08:43 / 16.01.2025
O‘zbekistonda 200 ming so‘m nominaldagi banknotlar ulushi oshdi
15:14 / 06.09.2024
Rossiyada salkam 50 mln so‘m pulini ololmagan o‘zbekistonliklar ish haqi undirib berildi
16:07 / 22.08.2024
Muomaladagi naqd pul miqdori birinchi marta 50 trln so‘mdan oshdi
08:05 / 25.07.2024