O‘zbekiston | 14:56 / 30.12.2023
7313
3 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbeksirk»ni davlat-xususiy sheriklik asosida rivojlantirish rejalashtirilyapti

"Madaniyat tashkilotlariga zamonaviy menejment tizimini joriy etish hamda madaniy xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida"gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

Xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikda madaniyat tashkilotlariga zamonaviy menejment tizimini joriy etish hamda madaniy xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi.

Bunda:

  • madaniyat va san’at sohasida davlat-xususiy sheriklik asosida nou-xau loyihalarni amalga oshirish uchun konsultantlarni jalb qilish;
  • madaniyat sohasiga tadbirkorlarni jalb qilish hamda ijtimoiy obektlardan keng va samarali foydalanish imkoniyatlarini tadbirkorlik sub’yektlari orasida keng targ‘ib qilish maqsadida hududlarda «Madaniyat va san’at tadbirkorlari» bilan uchrashuvlarini tashkil etish;
  • madaniyat va san’at sohasi vakillarining kvalifikatsiyasini oshirish yuzasidan seminar treninglar tashkillashtirish;
  • xorijiy davlatlarning madaniyat va san’at sohasidagi innovatsion loyihalari hamda ilg‘or tajribalarini o‘rganish.

Madaniyat vazirligi:

  • Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda madaniyat va san’at sohasidagi obektlarga xalqaro moliyaviy institutlarning grant mablag‘larini jalb qilish chorasini ko‘radi;
  • «O‘zbeksirk» davlat muassasasini davlat-xususiy sheriklik asosida rivojlantirish bo‘yicha xorijiy konsultantlarni jalb qilish ishlarini prezidentning «O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik loyihalarini ishlab chiqish jamg‘armasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq amalga oshiradi;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda madaniyat sohasiga tadbirkorlarni jalb qilish hamda ijtimoiy obektlardan keng va samarali foydalanish imkoniyatlarini tadbirkorlik sub’yektlari orasida keng targ‘ib qilish maqsadida hududlarda «Madaniyat va san’at tadbirkorlari» bilan uchrashuvlarini tashkil etadi.

Madaniyat vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda madaniyat va san’at sohasidagi obektlarni xatlovdan o‘tkazadi.

Madaniyat vazirligi tasarrufidagi madaniyat va san’at sohasidagi obektlar hamda bo‘sh yer maydonlarining tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan noqonuniy egallangan qismlarini Madaniyat vazirligiga qaytarish choralarini ko‘radi.

Mavzuga oid