Koronavirus pandemiyasi dunyoning barcha davlatlari iqtisodiyotiga salbiy ta’sir qildi va kelgusida karantin, izolyatsiyalar umumiy harakatlanish va migratsiya masalalarida jiddiy cheklovlarga sabab bo‘lishini ko‘rsatdi. Buning natijasida yer yuzidagi barcha davlatlar dunyoda hali yuz bermagan inqiroz ostiga kelib qoldi va hukumatlar favqulodda maxsus qarorlar chiqarishga majbur bo‘ldi. Pandemiyaga qarshi kurash davrida iqtisodiy yengillashuvlar va hukumatlarning haddan tashqari ko‘p qarz olishlari natijasida pul o‘z qadr-qiymatini yo‘qotishi bir necha bor tezlashdi va ko‘p davlatlarda inflatsiya nazorat ostidan chiqib ketdi. Shu tufayli AQSh Federal zaxira tizimi (FZT) “Miqdoriy qisqarish” siyosatini ishga tushirib, faol ravishda foiz stavkalarini ko‘tarib borishi tufayli bir necha 10 yilliklardan beri birinchi marta, 2022 yil iyul oyida mamlakatdagi inflatsiya 9,1 foiz ko‘rsatkichini qayd etganidan so‘ng 2023 yil 3,1 foizgacha tushdi.
Jahon Insighs kanali ekspertlari 2023 yilda xalqaro moliya bozorida sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni tahlil qilib chiqdi.
AQSh top fond bozorlari indeksi:
- S&P500: +0,32 foiz (yil boshidan +24,23 foiz);
- NASDAQ: +0,29 foiz (yil boshidan +53,81 foiz);
- DJI: +0,81 foiz (yil boshidan +13,7 foiz).
AQSh fond indekslari 2023 yildagi eng so‘nggi savdo haftasini kichik o‘sish bilan muvaffaqiyatli yakunladi. Yillik natijalarga e’tibor qaratsak, AQSh fond bozori iqtisodiy murakkab davrda juda ham zo‘r natijaga erishdi va prognozlardan ancha yuqori o‘sish sur’atlarini taqdim etdi. Umuman olganda, 12 oy ichida NASDAQ 5886 punkt, Dow Jones 4542 punkt va S&P500 indeksi esa 930 punktga ko‘tarildi.
Asosiy qimmatbaho metallar:
- Oltin: +0,48 foiz (yil boshidan +13,11 foiz);
- Kumush: -1,67 foiz (yil boshidan -0,74 foiz);
- Alyuminiy: +2,76 foiz (yil boshidan +0,16 foiz);
- Mis: -0,19 foiz (yil boshidan +2,01 foiz).
Joriy yil barcha qimmatbaho metallar uchun bir xil tarzda yakun topmadi. Oltin bir nechta maxsus xususiyatlarga ega bo‘lgani tufayli asosiy qimmatbaho metallar orasida eng baland o‘sishni qayd etdi. Oltin bir yil ichida 239 dollar, alyuminiy 3,8 dollar, mis esa 7 sentga qimmatlashdi, o‘z navbatida kumush 17 sentga arzonlashdi.
Neft
















