Jahon | 09:30 / 31.12.2023
16796
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda noqulay ob-havo tufayli 6 oblastdagi yo‘llar yopildi

Mamlakatda qor bo‘roni kuzatilmoqda, Ostona shahri Favqulodda vaziyatlar departamenti fuqarolarga shahardan tashqariga safarlarini kechiktirishni tavsiya qilmoqda.

Foto ©️ Tengrinews.kz / Turar Kazangapov

Qozog‘istonning 6 ta oblastida noqulay ob-havo sharoiti sabab respublika ahamiyatiga ega 15 ta avtomobil yo‘lida transport vositalari harakati cheklandi. Bu haqda Tengrinews.kz xabar bermoqda.

«KazAvtoJol» noqulay ob-havo sharoiti tufayli qanday trassalar yopilgani haqida ma’lumot bergan.

Oqmola oblasti – 5 uchastka;
Jambil oblasti – 1 uchastka;
Jyetisau oblasti – 1 uchastka;
Qarag‘anda oblasti – 6 uchastka;
Pavlodar oblasti – 1 uchastka;
Ulitau oblasti – 1 uchastka.

«Cheklovlar (minus haroratdagi yomg‘ir, muzlama, shamol sharoitida) barcha turdagi avtotransport vositalariga amal qiladi. Ayni vaqtda respublika ahamiyatidagi avtoyo‘llarda 252 dona texnika va 429 kishi ishlamoqda», - deyiladi xabarda.

Ob-havo sharoiti keskin yomonlashishi, izg‘irin, qor bo‘roni va shamol soniyasiga 23-28 metrgacha kuchaygani munosabati bilan Ostona shahri Favqulodda vaziyatlar departamenti poytaxt aholisi va mehmonlarga shahardan tashqariga safar qilishdan tiyilishni va ogoh bo‘lishni, ob-havo hamda kiritilgan cheklovlar bo‘yicha ma’lumotlarni kuzatib borishni tavsiya qilgan.

Mavzuga oid