Madaniy meros agentligi Toşkent şahar boşqarmasi tomonidan holat yuzasidan joyiga çiqqan holda örganiş işlari olib borildi. Yaşnobod tumanida joylaşgan “Eski ToşMI” (Tibbiyot 29-son davolaş bölimi akademiyasi) binosi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 oktyabrdagi “Moddiy madaniy merosning köçmas mulk obektlari milliy röyxatini tasdiqlaş töğrisida”gi qarori bilan madaniy meros obekti sifatida röyxatga olingan.

Mazkur tibbiyot muassasasi XIX asrda qurilgan bölib, hozirda bino davlat mulki hisoblanadi. 

2024 yilning 3 yanvar kuni Toşkent şahar Madaniy meros boşqarmasi tomonidan muammo joyiga çiqqan holda örganilganida heç qanday quriliş-ta’mirlaş işlari olib borilmayotganligi aniqlangan. Tibbiyot maskani ma’muriyatiga binoda quriliş-ta’mirlaş işlarini olib boriş uçun Madaniy meros agentligi huzuridagi Ilmiy-ekspert kengaşining tegişli ruxsatnomasi asosida va loyiha-smetalarini taqdim etgan holda iş boşlaş kerakligi alohida tuşuntirilgan.

“Madaniy meros obektlarini muhofaza qiliş va ulardan foydalaniş töğrisida”gi qonunining 23-moddasiga muvofiq “Davlat mulkida turgan moddiy-madaniy meros obektlari davlat tasarrufidan çiqarilişi va xususiylaştirilişi mumkin emasligi” belgilangan.