Jahon | 08:23 / 04.01.2024
8449
2 daqiqa o‘qiladi

NATOga a’zo to‘rt davlat 1000 tagacha Patriot raketalarini sotib oladi

Yevropada Patriot havo mudofaa tizimlari uchun GEM-T raketalarini ishlab chiqarish va yetkazib berish quvvatlari kengaytiriladi, deyiladi NATO matbuot xizmati xabarida. 

Foto: Getty Images

NATOni qo‘llab-quvvatlash va xarid qilish agentligi (NSPA) alyans a’zolari - Germaniya, Niderlandiya, Ruminiya va Ispaniyani 1000 tagacha Patriot (GEM-T) yaxshiroq nishonga olish moslamasiga ega zenit raketalarini xarid qilish bo‘yicha shartnoma bilan qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda NATO matbuot xizmatining 3 yanvar, chorshanba kuni tarqatilgan bayonotida aytiladi

Ta’kidlanishicha, raketalarni ishlab chiqarish va yetkazib berish bo‘yicha shartnoma Raytheon va MBDA o‘rtasidagi qo‘shma korxona - COMLOG bilan tuzilgan. Alyans bayonotida, shuningdek, Yevropada GEM-T raketalarini ishlab chiqarish kengaytirilishi qayd etilgan.

Patriot havo mudofaasi tizimi uchun raketalarni sotib olish ittifoqchilarga «Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi paytida havo mudofaasini kuchaytirish» uchun zarur, deb ta’kidlanadi X ijtimoiy tarmog‘idagi NATO mikroblogida. 

Xuddi shu postda alyans bosh kotibi Yyens Stoltenbergning so‘zlari keltirilgan: «O‘q-dorilar ishlab chiqarishni ko‘paytirish - Ukraina va o‘z xavfsizligimiz uchun asosiy omil». 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid