“Aholi salomatligi-2030” strategiyasi loyihasiga ko‘ra, yagona elektron tibbiyot tarmog‘ini tashkil etish nazarda tutilyapti.

Tibbiyot muassasalarini axborot-texnika vositalari bilan ta’minlash orqali ularning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanadi. Tibbiyot xodimlarining raqamli texnologiyalar bilan ta’minlanganlik darajasi 100 foizga yetkaziladi.

Sun’iy intellekt texnologiyalari 565 ta davolash-profilaktika muassasalarida joriy etiladi.

475 ming nafar xodimlarning raqamli texnologiyalar bo‘yicha malakasi oshiriladi.

KfW bankining «Raqamli sog‘liqni saqlash islohotlarini qo‘llab-quvvatlash» loyihasi doirasida raqamli sog‘liqni saqlash yagona platformasi yaratiladi.

Tibbiyot sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar raqamlashtiriladi. Tibbiyot sohasini raqamlashtirish bo‘yicha axborot xavfsizligi siyosati talablariga qat’iy amal qilgan holda ish yuritilishi ta’minlanadi.