Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Betob qizni davolatish uchun yordam so‘rab, o‘zgalarning pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan shaxs jabrlanuvchining (qiz) jiyani nomidan akkaunt ochib, uning fotosurati va video tasvirlarini hamda o‘z foydalanuvida bo‘lgan bank kartalarini uning nomidan ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarga joylagan.
Qashqadaryo viloyatida yashovchi U.U. ariza bilan murojaat qilib, noma’lum shaxs tomonidan qizining fotosurati ijtimoiy tarmoqlarga joylangani va unga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan.
Kiberxavfsizlik markazi xabariga ko‘ra, o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Xorazm viloyatida yashovchi M.Sh. sodir etgani aniqlangan.
Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan M.Sh. jabrlanuvchi U.U.ning (qiz) jiyani nomidan akkaunt ochib, uning fotosurati va video tasvirlarini hamda o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartalarini uning nomidan ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarga joylagan.
M.Sh. jiyanini go‘yoki Hindistonga olib borish uchun puli yetmaganligi sababli xalqdan yordam puli so‘rab, aldash yo‘li orqali fuqarolarning xayriya tariqasida o‘tkazgan pullarini o‘zlashtirib kelgan.
Mazkur holat yuzasidan M.Sh.ga nisbatan JKning 168-moddasi (firibgarlik) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
17:03 / 25.09.2025
Pul sotiladimi? Islom moliyasidan nigoh
16:14 / 12.08.2025
Jarrohlik amaliyotida kesilgan to‘qimalarni tikishsiz davolash usuli ishlab chiqildi
12:05 / 25.02.2025
Faxriy donorlar uchun pul mukofoti 3 baravarga oshiriladi
10:11 / 24.02.2025