Turkiyada Özbekiston fuqarosi bölgan Nilufar Mirxonova qöşmaçilikda ayblanib, hibsga olindi.
40 yoşli özbekistonlik Turkiyada ötkazilgan «Qafas-28» operatsiyasi doirasida Çanoqqal’a viloyatida uşlangan.
Mirxonova Turkiyaga Rossiya, Belarus, Qirğiziston, Turkmaniston va Özbekistondan fohişalar olib kelib, ularni fohişaxonalarga sotiş bilan şuğullanganlikda gumonlanmoqda.
Turk naşrlariga köra, u bu faoliyati orqali oyiga 1 mln liradan olib turgan bölişi mumkin.
Turk matbuoti uni «Fahş baronessasi» va «Madam Klod» deb atayapti.
Ma’lum bölişiça, Mirxonova Turkiya fuqaroligini oliş uçun ön beş kun oldin soxta hujjatlar bilan turkiyalikka turmuşga çiqqandi.
Turkiya içki işlar vaziriga köra, «Qafas-28» operatsiyasi doirasida Interpol tomonidan qidiruvga berilgan 58 kişi qölga olingan.

















