«Alfa-Bank» tuzilmalarining rasmiy vakili - ABH Holdings SA kompaniyasi Ukrainaga qarşi da’vo arizasi bilan murojaat qilib, bankning Ukraina bölinmalarini «majburiy milliylaştiriş yöli bilan» ekspropriatsiya qilişdan yetkazilgan zararni qoplaşni talab etdi. Kompaniya, 4 yanvar kuni ABH Holdings SA saytida e’lon qilingan press-relizga köra, zarar miqdorini 1 milliard dollardan ortiqroqqa baholagan.
«Da’vo Vaşington, Kolumbiya okrugidagi Jahon banki şafeligida investorlar va davlatlar örtasida kelişmovçiliklarni hal qiliş böyiça dunyodagi yetakçi organ – Investitsion bahslarni hal qiliş böyiça xalqaro markaz (ICSID)ga berilgan», — deyiladi xabarda. Unda Ukraina bankni egalari, benefitsiarlari va aksiyadorlaridan noqonuniy ravişda tortib olgani hamda uni «reyderlik va uruşdan foyda oliş kombinatsiyasidan foydalangan holda» majburan milliylaştirgani da’vo qilingan. Bundan taşqari, ABH Holdings ma’lumotlariga köra, Ukraina rasmiylari bank asosiy aksiyadorlarini obrösizlantiriş, ularga qarşi «qora PR» usullarini qöllaş kampaniyasini boşlagan.
ABH Holdings aksiyadorlari qatoriga Rossiyaning «Alfa Grup» kompaniyasi hammuassislari Mixail Fridman va Petr Aven kiradi. Rossiyaning Ukrainaga hujumi boşlanganidan keyin «Alfa-Bank»ning Ukraina bölinmasi Sense Bank deb özgartirildi. Öşanda uning egalari boşqaruvdan çetlaştirildi. Ukraina hukumati qarori bilan Sense Bank 2023 yilning yozida milliylaştirildi va mamlakatda harbiy holat tugagunga qadar davlat nazorati ostida qoladi.
Oktyabrda hakerlar bank mijozlari bazasiga buzib kirdi
Ukrainaning Kiborg hakerlar guruhi «Alfa-Bank» mijozlari bazasini buzib kirdi, bu haqda «Vajnyye istorii» naşri oktyabr oyi örtalarida yozgan edi. Buzib kiriş holatini tasdiqlaş uçun guruh tomonidan qölga kiritilgan bank mijozlarining ba’zi şaxsiy ma’lumotlari Kiborg rasmiy saytida e’lon qilindi: familiyalar, ismlar, telefon raqamlari, kartalar va hisobraqamlar. Ular orasida Mixail Fridman, dizayner Artemiy Lebedev, Rus pravoslav çerkovi arxiyerei Konstantin Kopilov va boşqalar bor. «Alfa-Bank» matbuot xizmati buzib kiriş haqidagi xabarlarni «feyk» deb atadi.
Britaniyada Fridmanda ötkazilgan tintuvlar noqonuniy deb topildi
2022 yil dekabr oyida Fridmanning Londondagi Athlone House qarorgohida 50 nafar politsiyaçi iştirokida keng kölamli tintuvlar ötkazildi. Jinoyatçilikka qarşi kuraş milliy agentligi öşanda xabar qilganidek, NCA kleptokratiyaga qarşi kuraş bölinmasi xodimlari 58 yoşli gumonlanuvçi va yana ikki kişini qölga olgan, biroq ular tez orada garov evaziga qöyib yuborilgan. Bundan taşqari, bir neçta raqamli qurilmalar va katta miqdordagi naqd pul musodara qilingan.

















